Tojikiston O‘zbekistonning yer usti metrosini qurish tajribasiga qiziqmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya s vremennim nazvaniyem "Ikinchi"
Stansiya s vremennim nazvaniyem Ikinchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida tomonlar O‘zbekistondan qurilish materiallari yetkazib berish borasida fikr almashdi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Tojikiston yer usti metrosini qurish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligida delegatsiyaning Dushanbega tashrifi davomida ma’lum bo‘ldi.
Tashrif davomida tomonlar mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirilgan uy-joylar rejasi hamda O‘zbekistondan qurilish materiallari yetkazib berish borasida fikr almashdi.
Xokim goroda Tashkent  Djaxongir Artikxodjayev pribil s rabochey poyezdkoy v stolitsu   Tadjikistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Toshkent hokimi Dushanbeda Rustam Emomali bilan uchrashdi
Dushanbe shahri meriyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Grand Road Tashkent” MChJ QK Bosh direktori Ahmad Saydaliyev Dushanbe shahar raisining transport va yo‘l qurilishi bo‘yicha o‘rinbosari Saidzoda Firdavs va “Dushanbe shahrining yo‘llar va ko‘priklarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boshqarmasi” davlat muassasasi rahbari Rahimzoda Muhammadusuf bilan uchrashgan.
“O‘zaro muloqot davomida tojik tomoni yer usti metrosini qurish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdilar”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Dushanbega tashrifi davomida shahar raisi Rustam Emomali bilan uchrashgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0