Dunyoda

Tojikistonda xavfli poliomiyelit kasalligi tarqalmoqda - BSST

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishNII detskoy onkologii i gematologii RONTS imeni N. N. Bloxina
NII detskoy onkologii i gematologii RONTS imeni N. N. Bloxina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
BSST Tojikistonda oʻtkir yuqumli poliomiyelit kasalligi tarqalgani haqida bayonot berdi
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. BSST Tojikistonda oʻtkir yuqumli poliomiyelit kasalligi tarqalayotgani haqida bayonot berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
18 mart holatiga koʻra, asab sistemasini falaj qiladigan xastalik hozirgacha 4 nafar bolada aniqlangan, bemorlar polivirusga(tsPVVP2) uchragan.
8 mart kuni BSST aniqlangan holatlar haqida maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, mamlakatda vaziyat ikkinchi darajadagi favqulodda holat sifatida tasniflagan.
Taʼkidlanishicha, tsPVVP2 birinchi holati oʻtgan yil 22 noyabrda (oʻtkir falaj (OVP) boshlanishi bilan kuzatilgan) Xatlon viloyatida aniqlangan va Pokistonda aylanib yurgan virus turi bilan bogʻliq.
Lavina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Jamiyat
Tojikistonda qor koʻchishi xavfi haqida ogohlantirildi
Ikkinchisi - fevral oyida Xatlon viloyatida OVP alomatlari boʻlgan bolada falaj holati tasdiqlangan. 8 mart kuni Hisor shahrida bolada falajning yana ikki holati aniqlangan.
Bundan tashqari, Dushanbedagi yangi tashkil etilgan epidemnazorat punktida uchta namunada ham tsPVVP2 aniqlangan.
BTSSning bayonotida aytilishicha, mamlakatda yuqumli kasallik bilan bogʻliq holatlarni tekshirish ishlari olib borilmoqda.
2021 yil fevral oyida mamlakatda inaktiv poliovirus vaktsinasi (IPV) yordamida umummilliy emlash kampaniyasi yakunlangandi.
Poliomiyelit - oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, bunda markaziy nerv tizimi zararlanadi. Falaj bilan yoki falajsiz kechadi. Xastalik, ayniqsa, bolalar oʻrtasida keng tarqalgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala