Jamiyat

"Vaktsina olishdan emas, olmaslikdan xavfsirash kerak" - epidemiolog bilan suhbat

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVazira Mutalova
Vazira Mutalova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Aprel oyining birinchi sanasida Oʻzbekistonda ommaviy vaktsinatsiyaga start berilishi rejalashtirilmoqda. Birinchi navbatda yuqish xavfi juda yuqori boʻlganlar, yuqori xavf ostida boʻlganlar vaktsina olishlari koʻzda tutilgan.
65 yoshdan katta boʻlganlar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvchilar, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlari transport xodimlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda xizmat qilayotgan xodimlar, chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, mehnat migrantlari ketma-ketlikda emlanishi rejalashtirilmoqda.
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Jamiyat
SSV: 1-apreldan ommaviy tadbirlar oʻtkazishga ayrim cheklovlar oʻrnatiladi
Vaktsina olishdan nega xavfsirash kerak emas, emlangandan keyin qanday qoidalarga amal qilish muhimligi haqida Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasining immunoprofilaktika boʻlimi mudiri, vrach epidemiolog Vazira Mutalova soʻzlab berdi.

- Vazira Moʻminovna, Oʻzbekiston poytaxti vaktsinatsiya jarayoniga tayyormi?

- Albatta. Respublika miqyosida olib borilgan bu tayyorgarlik. Jumladan, Toshkent shahrida ham aholi orasida koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish uchun tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Jamiyat
Birinchi apreldan ommaviy vaktsinatsiya boshlanadi
Mana, hozirgi kunda respublikamizga 660 ming doza AstraZeneca vaktsinasi keltirilgan. Jumladan, vaktsinaning 86,9 ming dozasi Toshkent shahri aholisida emlash ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan.
Aytish joizki, vaktsinalarni saqlash, tashish, ularni transportirovka qilishning oʻziga xos tartiblari bor. Ular alohida harorat rejimida saqlashni talab etadi. Shuning uchun ham respublikamizda bugungi kunda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat, shahar, tuman bosqichlarida barchasida vaktsina saqlash omborxonalari keltiriladigan vaktsinalarni qabul qilishga tayyor holatga keltirilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMesto xraneniya vaktsin
Mesto xraneniya vaktsin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Mesto xraneniya vaktsin
2020 yilda barcha ushbu vaktsina saqlash omborxonalari qayta qurilgan yoki rekonstruktsiya qilinib, ularda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda viloyat va shahar vaktsina saqlash omborxonalarida yangi, katta hajmli kameralar bilan taʼminlangan.
Xususan, bizning Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ham ikkita katta hajmli (30 kubometrli) kamera bilan jihozlandi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMesto xraneniya vaktsin
Mesto xraneniya vaktsin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Mesto xraneniya vaktsin
Joriy yilning fevraligacha barcha vaktsina saqlash omborxonalari vaktsina saqlashga moʻljallangan Avtorefrijeratorlar, miniven avtomobillari bilan ham taʼminlandi.
Shu bilan bir qatorda oilaviy poliklinikalar, emlash punktlariga qoʻshimcha ravishda sovutgichlar yetkazib berildi. Ular vaktsinani tashishga moʻljallangan termosumkalar bilan taʼminlandi.

Hozirda Toshkent shahrining oʻzida 210 ta vaqtinchalik emlash punktlari tashkil etildi. Ularda 191ta emlash mobil brigadalarimiz jamlandi. Har bitta emlash brigadamizning oʻzida: emlash jarayoniga kelgan fuqaroni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun shifokor, vaktsinani amalga oshirish uchun vaktsinator hamda uning dubleri, jarayonni roʻyxatga olib turish uchun registlartordan iborat emlash brigadalarini tashkil etganmiz.

Hozirgi kunda qabul qilib olinayotgan vaktsinalar Toshkent shahar vaktsina saqlash omborxonasida saqlanmoqda. Qabul qilingan vaktsinalarning barcha viloyatlar boʻyicha taqsimotlari tayyorlangan.
Vaktsina bilan emlash jarayoni boshlanishidan bir kun avval bu vaktsinalar tuman sanepid osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimlari tomonidan bizdan olib ketiladi va emlash jarayonlarini amalga oshiradigan oilaviy poliklinikalarga yetkazib beriladi.

- AstraZeneca atrofidagi bahs-munozaralarga qanday fikr bildirasiz?

- Haqiqatan, bugun aholi oʻrtasida ushbu vaktsina atrofida turli mish-mishlar avj olgan. Koʻplari bu vaktsinani olmaslik haqida oʻylab qolishgan, hatto. Meni fikrimcha, umuman vaktsina olishdan xavfsiramaslik kerak, aksincha, olmaslikning xavfi haqida oʻylab koʻrgan maʼqul.
Misol keltiradigan boʻlsam, bugun 16 yoshgacha boʻlgan bolalar 13 xil yuqumli kasallikka qarshi rejali ravishda emlanib kelinadi. Emlash tufayli bugungi kunda respublikaizda poliomiyelit kasalligi qayd etilayotgani yoʻq, gepatit B kasalligi qayd etilayotgani yoʻq, koʻkyoʻtal kasalligi sanoqli holatda qayd etilishiga erishilgan.
Bu kasalliklardan oʻlim holatlari qayd etilayotgani yoʻq.
Vaktsinalar aynan aholi salomatligini asrash uchun ishlab chiqarilgan.

- Koronavirusga qarshi vaktsinalar xavfsiz demoqchisizda?

- Oʻzbekiston Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaktsinalardan foydalanadi.

- Vazira Moʻminovna, COVID-19ga qarshi emlash tadbirlari Oʻzbekistonda aprel oyi boshida boshlanishi eʼlon qilindi. Birinchi galda aholining 20 foizi emlanishi aytilgan edi. Ular kimlar?

- Dastlab, respublikaga olib kelinadigan vaktsina cheklangan miqdordaligi bois, barchani emlash imkoni boʻlmaydi. Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻiga asosan, aholi kasallikni yuqtirib olish xavfiga qarab toifalarga boʻlingan. Olib kelingan vaktsinalar bilan emlash ham shu ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Hech qanday xorijiy vaktsina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin
Unga muvofiq:
Yuqish xavfi juda yuqori boʻlganlar: 65 yoshdan katta boʻlganlar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvchilar;
Yuqori xavf ostida boʻlganlar: Qurolli kuchlar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlari, transport xodimlari (metro, temir yoʻl, aeroport), maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda xizmat qilayotgan xodimlar, chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, mehnat migrantlari ketma-ketlikda emlanishi rejalashtirilmoqda. Shundan keyin asta-sekin aholining boshqa qatlamlari ham qamrab olinadi.
Hozirgi kunda emlanuvchi kontingentning elektron roʻyxati shakllantirilmoqda va birinchi galda emlanuvchilar jadval asosida oilaviy poliklinikalarga taklif etiladi.

- Kimlar emlanmaydi? Kimga moneʼliklar bor?

- Emlash jarayonida oilaviy shifokor tomonidan vaktsinalash uchun kelgan fuqaro, albatta, tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda avvalambor fuqaroning sogʻligʻiga: unda haroratning yoʻqligi, qon bosimining normal holatda boʻlishiga eʼtibor beriladi. Agar emlanuvchida dorivor vositalarga kuchli allergiya kuzatilgan boʻlsa, u holda vaktsinalashga tibbiy cheklov beriladi.
Shu bilan bir qatorda, koʻrik paytida kishi harorati yuqori boʻlsa, somatik yoki yuqumli kasallik simptomlari yuzaga chiqqan paytda ham tibbiy cheklov beriladi.
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Dunyoda
“Sputnik V” dunyoda eng koʻp odamlar biladigan vaktsina deb eʼtirof etildi
Shu jumladan, OIV infektsiyasiga chalingan va autoimmun kasalliklariga chalingan shaxslarni, shu jumladan, anamnezida ogʻir allergik reaktsiyalari mavjud boʻlgan shaxslarni, 18 yoshgacha boʻlganlarni, homilador va emizikli ayollarni emlash tavsiya etilmaydi.
Umuman olganda, emlash tadbirlarini amalga oshirish paytida ushbu vaktsinani ishlab chiqargan tashkilotning tavsiyalariga amal qilinadi.
Har qanday holatda ham emlash toʻgʻrisidagi qaror tibbiy koʻrik natijasida qabul qilinadi.

- Oʻzbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilishi davom etyapti. Bunday bemorlar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarni emlash mumkinmi?

- Bunday toifadagi kishilar 14 kunlik karantin tadbirlari tugamaguncha emlanmaydi. Undan keyin agar u sogʻlom ekanligi aniqlansa, emlanishi mumkin.
Hozirgi kunda men oʻtgan yil yoki 6 oy avval koronavirus kasalligini boshdan kechirganman, meni organizmimda bu infektsiyaga qarshi kurashuvchi antitanachalar bor, shu bois, vaktsina olishim shart emas, deya oʻziga-oʻzi xulosa chiqarayotgan fuqarolarimiz ham bor.
Ammo COVID-19 bilan bogʻliq xavflarning yuqoriligi va u bilan kasallanish ehtimolining borligi sababli, ushbu kasallik bilan avval kasallangan boʻlishidan qatʼiy nazar emlanish shart.

- Emlangandan keyin qanday tavsiyalar berasizlar?

- Fuqaro emlangandan keyin 3 kun davomida sauna qabul qilishi kerak emas, achchiq va shoʻr mahsulotlarni isteʼmol qilish ham taʼqiqlanadi.
Umuman olganda, koronavirusga qarshi emlangan shaxslar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan emlangandan soʻng 30 daqiqa davomida kuzatib turiladi, keyinchalik uch kun davomida uyiga tashrif buyurish yoʻli bilan muntazam nazoratda boʻlib, ularning sogʻligʻi, ahvoli koʻzdan kechiriladi. Allergik reaktsiya kuzatilgan hollarda tez tibbiy yordam brigadalari jalb etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala