Jamiyat

“Amirsoy”ga olib boruvchi yoʻldagi koʻchki – tafsilotlar

© Komitet avtomobilnыx dorog UzbekistanaObrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Obrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu Amirsoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
“Amirsoy” togʻ-changʻi kurortiga olib boruvchi avtomobil yoʻli hududida koʻchki sodir boʻlgan
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortiga olib boruvchi avtomobil yoʻli hududida sodir boʻlgan koʻchki yuzasidan bayonot berdi.
Mart oyida “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti hududida koʻp miqdorda qor va yogʻingarchilik kuzatilib, namgarchilik meʼyoridan ortishi sababli hududdagi grunt va togʻ jinslarida geologik siljish sodir boʻlgan.
Avtomobil yoʻli va yoʻlga yondoshgan qiyaliklar lyossimon togʻ jinslaridan (suglinkalar, supeslar) va sunʼiy toʻldirilgan togʻ jinslaridan tashkil topgan, ostida neogen yotqiziqlari peschanik va alevrolitlar tarqalgan.
Geologik siljish oqibatida koʻchki yoriqlaridan tahminan hajmi 50 000 m3 gacha boʻlgan koʻchki faollashgan.
© Komitet avtomobilnыx dorog UzbekistanaObrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Obrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu Amirsoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Obrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Oʻzbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining maʼlumotlariga koʻra, hududda xavfli geologik jarayonlar faollashishining real xavfi tugʻilib, koʻchki yoriqlarida 6 mart kunidan boshlab olib borilgan kuzatish natijalari va oʻrnatilgan topogeodezik reperlar koʻrsatkichiga koʻra sutkasiga 10-20 sm gacha surilish, 1,0 m gacha choʻkishlar davom etmoqda.
“Amirsoy” hududiga olib boruvchi avtomobil yoʻlining 15-16 piket, 19-20 piket va 33-34 piket oraliq qismlarida vaqtinchalik yoʻlovchi va avtotransport vositalari harakati cheklandi.
Mazkur holat hozirda turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin etilayotganligi kuzatilmoqda.
© Komitet avtomobilnыx dorog UzbekistanaObrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Obrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu Amirsoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Obrusheniye dorojnogo polotna na trasse, veduщey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Togʻ jinslarining siljishi, kuchli sel kelishi, gruntning oʻta darajada meʼyoridan ortiq namlanishi taʼsirida grunt koʻchkisi va boshqa tabiiy ofat oqibatlari natijasida yoʻllarning vaqtincha bir necha kunlab yopilib qolish holatlari kuzatiladi.
Bu kabi tabiiy ofatlar oʻz koʻlamiga qarab avtomobil yoʻllari holatiga va yoʻl boʻyi infratuzilmalariga ham turli koʻrinishda taʼsir oʻtkazadi. Oʻz vaqtida koʻrilgan chora tadbirlar natijasida esa yoʻllardagi harakat muntazamligi taʼminlab kelinmoqda.
Hozirda “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortiga olib boruvchi avtomobil yoʻli hududida sodir boʻlgan tabiiy hodisa Oʻzbekiston xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, FVV, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi vakillari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari bilan birgalikda joyida oʻrganilmoqda.
Oʻrganishlar natijalari boʻyicha kiritilgan tegishli xulosa va tavsiyalar asosida sodir boʻlgan tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etiladi va qisqa muddatlarda avtomobil yoʻlida tiklash ishlari amalga oshirilib, avtotransport vositalari harakati qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala