“Amirsoy”ga olib boruvchi yo‘ldagi ko‘chki – tafsilotlar

© Komitet avtomobilnix dorog UzbekistanaObrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Obrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida ko‘chki sodir bo‘lgan
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida sodir bo‘lgan ko‘chki yuzasidan bayonot berdi.
Mart oyida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti hududida ko‘p miqdorda qor va yog‘ingarchilik kuzatilib, namgarchilik meyoridan ortishi sababli hududdagi grunt va tog‘ jinslarida geologik siljish sodir bo‘lgan.
Avtomobil yo‘li va yo‘lga yondoshgan qiyaliklar lossimon tog‘ jinslaridan (suglinkalar, supeslar) va sun’iy to‘ldirilgan tog‘ jinslaridan tashkil topgan, ostida neogen yotqiziqlari peschanik va alevrolitlar tarqalgan.
Geologik siljish oqibatida ko‘chki yoriqlaridan tahminan hajmi 50 000 m3 gacha bo‘lgan ko‘chki faollashgan.
© Komitet avtomobilnix dorog UzbekistanaObrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Obrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu "Amirsoy"
O‘zbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hududda xavfli geologik jarayonlar faollashishining real xavfi tug‘ilib, ko‘chki yoriqlarida 6-mart kunidan boshlab olib borilgan kuzatish natijalari va o‘rnatilgan topogeodezik reperlar ko‘rsatkichiga ko‘ra sutkasiga 10-20 sm gacha surilish, 1,0 m gacha cho‘kishlar davom etmoqda.
“Amirsoy” hududiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining 15-16 piket, 19-20 piket va 33-34 piket oraliq qismlarida vaqtinchalik yo‘lovchi va avtotransport vositalari harakati cheklandi.
Mazkur holat hozirda turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin etilayotganligi kuzatilmoqda.
© Komitet avtomobilnix dorog UzbekistanaObrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Obrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obrushenie dorojnogo polotna na trasse, vedushey k gornomu kurortu "Amirsoy"
Tog‘ jinslarining siljishi, kuchli sel kelishi, gruntning o‘ta darajada meyoridan ortiq namlanishi ta’sirida grunt ko‘chkisi va boshqa tabiiy ofat oqibatlari natijasida yo‘llarning vaqtincha bir necha kunlab yopilib qolish holatlari kuzatiladi.
Bu kabi tabiiy ofatlar o‘z ko‘lamiga qarab avtomobil yo‘llari holatiga va yo‘l bo‘yi infratuzilmalariga ham turli ko‘rinishda ta’sir o‘tkazadi. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida esa yo‘llardagi harakat muntazamligi ta’minlab kelinmoqda.
Hozirda “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida sodir bo‘lgan tabiiy hodisa O‘zbekiston xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, FVV, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vakillari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari bilan birgalikda joyida o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar natijalari bo‘yicha kiritilgan tegishli xulosa va tavsiyalar asosida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etiladi va qisqa muddatlarda avtomobil yo‘lida tiklash ishlari amalga oshirilib, avtotransport vositalari harakati qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0