Kolumnistlar

“Birgalikda javob qaytaramiz”: NATO Rossiyadan tashqari yana kimni tahdid deb biladi

© REUTERS / YVES HERMANGosudarstvennыy sekretar SSHA Entoni Blinken i generalnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg v Bryussele
Gosudarstvennыy sekretar SSHA Entoni Blinken i generalnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg v Bryussele
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi asosiy tahdidlarni aniqlashtirib oldi: kutilganidek, bu Rossiya va Xitoy. NATO mamlakatlari TIV rahbarlari barcha kuchlarini bu mamlakatlarni jilovlashga safarbar qilishga kelishib olishdi. “NATO-2030” yangi strategiyadagi xalqaro terrorizm – allaqachon asosiy xavf emas. Yaqin yillarda gʻarb harbiy-siyosiy bloki yana nimalar bilan shugʻullanishini RIA Novosti oʻrgandi.

Kechikkan mehmon

Entoni Blinkenning Yevropaga NATO mamlakatlari TIV rahbarlari yigʻilishiga birinchi tashrifini “bryusselcha kuzatishlar” deb nomlashdi. Bunga qadar AQSH davlat kotibi bilan pandemiya tufayli onlayn muloqot qilishardi. Lekin shaxsan uchrashish, yevropalik amaldorlarning fikricha, hamkorlik munosabatlar mustahkamligini tekshirishdir. Blinken qarshilik qilmadi: “Gʻarb jamoasi” poytaxtini qishdayoq rejalashtirgandi, biroq safar qoldirilgandi.
Davlat kotibi lavozimiga kirishib, u zudlik bilan Yaponiya va Janubiy Koreyaga safar qildi. Yevropalik ittifoqchilar tushunishardi: Bayden davrida Osiyo yoʻnalishi AQSH tashqi siyosatining ustuvori boʻlib qoladi. Shunday boʻlsada amerikalik amaldorni tezroq koʻrishga umid qilishardi. Ustiga ustak yangi maʼmuriyat Oq uyga kirar-kirmas, transatlantik munosabatlarni tiklashishini eʼlon qildi. Donald Trampni esa, aksincha, YEI bilan buzilgan munosabatlar uchun doim tanqid qilishardi.
Tank T-90 vo vremya ucheniy motostrelkovыx, tankovыx i artilleriyskix podrazdeleniy 20 otdelnoy motostrelkovoy brigadы 8 obщevoyskovoy armii na poligone Prudboy v Volgogradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Dunyoda
Forbes AQShning Rossiya va Xitoy tanklarini yoʻq qilish rejasini ochiqladi
Bryusselda davlat kotibi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan suhbatlashdi va ittifoqchilar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi. Kun tartibidagi asosiy mavzu – Shimoliy Antantika alyansining 2030 yilgacha boʻlgan strategiyasi, fevral oyida esa NATO mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari unga tuzatish kiritishgandi. Endi esa tashqi ishlar vazirlarining navbati. Ular hujjatni muvofiqlashtirsa, alyansning har yilgi sammitida davlat rahbarlarnini uni maʼqullaydi va amalga oshirishni boshlaydi.
Sammit sanasi hozircha belgilanmagan, biroq bahor oxiriga qadar uchrashishga umid qilishmoqda.

NATOning yangi oʻn yilligi

Yangi strategiyani hozircha tasdiqlashmagan va eskidan qoʻllanishmoqda. Uni 2010 yil Lissabonda qabul qilishgan, lekin, aksariyatning eʼtirofiga koʻra, “u umidsiz eskirgan”. Amaldagi hujjatda Moskvani alyansning strategik hamkor deb atashlari ittifoqdoshlarga maʼqul kelmayapti. U yerda 2014 yildan soʻng yuzaga kelgan siyosiy voqelik ham aks etmagan – natochilar buni “Qrimning Rossiyaga tarkibiga noqonuniy oʻtganini” tushunishadi.
“NATO-2030” strategiyasida Rossiyani asosiy harbiy tahdidga qoʻshishdi. Ittifoqdoshlar Qora dengizdagi boʻlishlarini kengaytirish niyatida – bu “Qrimda Rossiya harbiy kontingening koʻpayganiga” javob. Bryusseldagi uchrashuvda alyans TIV rahbarlari soʻnggi yillarda sharqdagi tahdidlardan ogohlantirish uchun mudofaa salohiyatini oshirishganiga ishontirishdi.
Gruppa korabley chetыrex stran NATO zashla v port Odessы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
NATO kemalari Odessa portiga kelishdi
“Rossiyani jilovlab turish uchun NATO keng koʻlamli jamoaviy mudofaa saʼy-harakatlarini oʻtkazdi. Aniq bilib olishimiz shartki, birgalikda Moskva xatti-harakatlariga javob beryapmiz”, - dedi Stoltenberg TIV rahbarlari bilan uchrashuvda. Shu bilan birga u alyans Rossiya bilan muloqotga ochiqligi, lekin “qattiq jilovlash va mudofaa” uygʻunligida ekanini qoʻshimcha qildi.
Tashqi siyosiy idoralari rahbarlari NATOning Lissabon strategiyasida Pekinning oʻsib borayotgan harbiy salohiyati haqida deyarli hech nima deyilmaganini ham taʼkidlashdi. Hozirgi voqelik shunaqaki, “Xitoy omili – transatlantik birdamligiga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid, deya qayd etishdi ular. Yangi strategiyada XXR Rossiya bilan bir qatorda xavfsizlikning asosiy tahdidiga kiritilgan.
Blinken kuchayib borayotgan Xitoy Yevropaga qaraganda koʻproq AQShni xavotirga solishini tan oldi. “Vashington ittifoqdoshlarni XXRga nisbatan “biz yoki ular” tanloviga majburlamaydi. Mamlakatlar oʻzaro manfaatli sohalarda Pekin bilan ishlashlari mumkin”, - dedi Blinken Bryusselda.

Yakunlangan ish

Qora dengiz mavzusi “NATO-2030” strategiyasida nafaqat Rossiya tahdidi tufayli aks etgan. Alyansning diqqat markazida – Qora dengiz mintaqasidagi asosiy ittifoqdosh, Turkiya bilan aloqalarni tiklash.
Davlat kotibi Bryusselga kelib, birinchilar qatorida turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi. Munozara nozik mavzulardan boshlandi. Anqaraning Rossiyaning S-400 tizimlarini xarid qilgani AQSH va Yevropadagi ittifoqdoshlarning noroziligini keltirib chiqarmoqda. Blinken Mevlyut Chavushoʻgʻli bilan suhbatni shundan boshladi.
“Davlat kotibi Turkiyani Rossiya S-400 zenit-raketa tizimlarni qoldirmaslikka chaqirdi”, - dedi muzokaralar yakuniga koʻra amerika idorasi matbuot kotibi Ned Prays.
Gossekretar SSHA Entoni Blinken - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Dunyoda
AQSH yangi davlat kotibi Turkiyani S-400dan voz kechishga chaqirdi
Chavushoʻgʻli ham izoh berdi. U Anqari Rossiya tizimlarini unga juda muhtoj boʻlgan paytida xarid qilganini eslatdi. Hozir Turkiya hukumati buni qayta koʻrib chiqmoqchi emas.
“Rossiya bilan bizning murakkab mavzularimiz bor, biz kelishib olamiz va yuzaga kelgan ixtilofni hal qilamiz. Lekin S-400 shartnomasi – yakunlangan ish”, - deya xulosa qildi Chavushoʻgʻli.

Sanktsiyaviy doʻstlik

NATO mamlakatlari TIV rahbarlari “Shimoliy oqim-2” quvuri qurilishini ham muhokama qilishdi. Blinken amerikaliklar loyihaning yakunlanishidan manfaatdor emasligini aytdi va uning ishtirokchilariga yangi sanktsiyalar bilan tahdid qildi.
“Gaz quvurining qurib bitkazish va sertifikatsiyasiga doir har qanday faoliyatni diqqat bilan kuzatamiz. Bu roʻy bersa, cheklov choralarini qabul qilishda qatʼiylik namoyon etamiz”, - dedi Blinken.
Biroq yevropalik ittifoqdoshlarning hammasi ham uning fikriga qoʻshilmadi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas nemis hukumati va biznes qurilish yakunlanishiga umid bildirayotganini eslatdi.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etdi
Uchrashuv ishtirokchilari Tramp davrida munosabatlarni yomonlashtirgan muammoni ham chetlab oʻtishmadi – NATO jamoaviy mudofaasi xarajatlari. AQSH davlat kotibi Amerikaning hozirgi maʼmuriyati ittifoqdoshlardan umumiy ishga koʻproq hissa qoʻshishini kutayotganini inkor qilmadi. Stoltenberg YEI mamlakatlari asta-sekin byudjetning tegishli moddasini koʻpaytirayotganiga ishontirdi. Ammo munozarani chuqurlashtirib oʻtirishmadi, bir-birlarining soʻzlariga ishonishdi.

“Bayden bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish”

“NATO aʼzolari AQShning yangi maʼmuriyati jipslashishga va Tramp davrida yuzaga kelgan muammolar hal qilinishiga koʻmaklashishiga umid bildirmoqda. Lekin Amerikaning yangi yetakchisi undan oldingilarning merosidan toʻliq voz kechishi dargumon. Ehtimol, alyansning barcha ishtirokchilari blokning mudofaa hamyoniga YAIMning ikki foizini kiritishlari shart deb turib oladi. Blinken bunga ishora qildi”, - deya Bryusseldagi uchrashuv yakunlarini izohladi Xalqaro ishlar boʻyicha Rossiya kengashi bosh direktori Andrey Kortunov.
Siyosatshunos NATOning Rossiya bilan muloqotni tiklash uchun istiqbollarini koʻrmaydi. U munosabatlar faqat taranglashadi deb hisoblaydi. Shu bilan birga u aniqlik kiritadi: “Moskvaning xalqaro muammolarning keng qatoriga jalb qilinganini inobatga olib, alyans muloqotni eʼtiborsiz qoldirolmaydi. – hech boʻlmasa harbiy darajada”.
Kortunov NATO Qora dengiz mavzusini Ukraina bahonasida ham oldinga suryapti deb oʻylaydi.
Na polyax sammita NATO v Bryussele. Rekadrirovannыy. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Rossiya
Qrimga eʼtibor. Bayden davrida NATO rejalari qanday oʻzgarmoqda
Qrim muammosi – muhim, lekin NATOning Qora dengizda kuchayishining yagona maqsadi emas, deb ishonadi Orxan Gafarli, Anqaradagi Siyosiy tadqiqotlar markazi eksperti. “Alyans Turkiyani qaytarish uchun Qora dengizda mustahkamlanishi zarur. Hozir NATO va Anqari koʻp masalalar yuzasidan bir-birining fikriga qoʻshilmaydi. Biroq har ikki tomon tushunadi – hamkorlik qilish darkor”.
Gafarli NATO Turkiya va YEI mamlakatlariga oʻzaro ixtilofni yumshatishga imkon beradi deb hisoblaydi. Shu bilan bir paytning oʻzida Anqaraga Gretsiya, Kipr yoki Frantsiyaning xatti-harakatlarini bloklashga yordam beradi, agar ularda Turkiyaga qarshi harakat boʻlsa.
Ekspertlar natochilar uchun hozir asosiysi Baydan bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish degan fikrni bildirishmoqda. Har yil davlat rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan sammit esa birinchi sinov boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala