Jamiyat

Rossiyada kvota boʻyicha oʻqish: qisman qayta sinov oʻtkazilishi eʼlon qilindi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Oʻzbekistonda 2021 yil 13 martda boʻlib oʻtgan saralash testlari yuzasidan koʻplab savollar paydo boʻldi.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekistonlik abituriyentlar Rossiya Federatsiyasi hukumati kvotalari doirasida Rossiya oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun sinovlardan oʻtmoqdalar.
Test sinovlari Rossotrudnichestvoning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi koʻmagida, Rossiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻtkazildi.
Ayrim abituriyentlar, ularning ota-onalaridan 2021 yil 13 martda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan saralash testlari yuzasidan koʻplab savollar paydo boʻldi.
Rossotrudnichestvo testlarning shaffofligi borasidagi shubhalarni yoʻqotish, notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatish va spekulyatsiya holatlarini toʻxtatish uchun 13 martda oʻtkazilgan imtihonlarning natijalarini bekor qildi.
Devushka sdayet ekzamen v den svadbы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Video
Kelin toʻyi kuni magistraturaga imtihon topshirdi – video
Shu kuni imtihonlarni topshirgan 56 kishi 5-16 aprel MDHning boshqa davlatlari va postsovet hududidan kelgan abituriyentlar bilan birgalikda onlayn formatda test sinovlaridan oʻtadilar. Aniq sana va vaqt Rossotrudnichestvo qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.
Natijalarning shaffofligi va obʼyektivligini taʼminlash uchun test imtihon ishtirokchilarini bevosita kuzatish tizimidan (proktoring) foydalanib amalga oshiriladi. Bu tanlov sinovlari uchun tartib-qoidalarga muvofiqligini taʼminlaydi. Proktoring tizimi 2020 yilda Armaniston, Abxaziya, Moldova va Oʻzbekistonda sinovdan oʻtgan va oʻzini qiyin epidemiologik vaziyatda eng isteʼdodli xorijiy abituriyentlarni tanlab olishning samarali vositasi sifatida koʻrsatgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala