Siyosat

Mirziyoyev: endi byudjet mablagʻi talon-toroj boʻlsa, prokurorlar ham javobgar boʻladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Prezident “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev endi byudjet mablagʻi talon-toroj boʻlsa, mutasaddilar qatorida prokurorlar ham javobgar boʻlishini maʼlum qildi.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, tuman va shahar hokimining iqtisod, qurilish va mahalla masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari oʻz dasturlari doirasida zarur mablagʻlar va amalga oshirishi lozim boʻlgan ishlarni aniq hisob-kitob qilib, mahalla raisi bilan birga, hududiy kengashlarda himoya qiladi.
Mahalliy kengashlar har bir mahalla kesimida ijtimoiy soha, ichimlik suvi, yoʻl-transport va infratuzilma obʼyektlari “manzilli dasturi”ni tasdiqlaydi. Bunda, dasturlar doirasida mahalla raislari va aholining “ijtimoiy hamkorligi”ni ham nazarda tutish zarur.
Maxallya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston hukumati qishloqlardagi hayot tarzini yaxshilashga 21 trillion soʻm yoʻnaltiradi
Yaʼni davlat yangi yoʻl qurib bersa, uning atrofiga daraxt ekish, qazib berilgan ariq va zovurlarni keyinchalik tozalash, qurilgan binolarning butun saqlanishini taʼminlash boʻyicha mahalla aholisi oʻziga majburiyat oladi.
“Umuman, viloyat, tuman va shahar hokimlari aniq bilib olsin – loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilish ishlarini boshlash man etiladi”, - dedi prezident.
Yigʻilishda bosh prokuror oʻrinbosari Akmalxoʻja Mavlonov bundan buyon respublika va mahalliy byudjetdan ajratilayotgan juda katta mablagʻlarni manzilli, talon-toroj qilmasdan, har bir soʻm qanday samarali ishlatilishini prokuratura tizimi, tuman va shaharlar prokurorlarining yordamchilari tomonidan qanday nazorat qilinishini tushuntirib berdi.
“Meni bir savol qiynaydi: nega shuncha chora-tadbirlarga qaramay, oʻgʻriliklar, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish kamaymayapti? Endi byudjet mablagʻi talon-toroj boʻlsa, mutasaddilar qatorida prokurorlar ham javobgar boʻladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala