Dunyoda

Nazarboyev nevarasining oʻlimi sababi ochiqlandi

© FacebookVnuk prezidenta Kazaxstana Nursultana Nazarbayeva Aysultan
Vnuk prezidenta Kazaxstana Nursultana Nazarbayeva Aysultan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev narkotik moddalarga ruju qoʻyishi oqibatida vafot etdi.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Qozogʻiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev narkotik moddalarga ruju qoʻyishi oqibatida vafot etdi.
Chorshanba kuni Gʻarbiy London sud-tibbiy ekspertiza bosh mutaxassisi (koroneri) Fiona Uilkoks tegishli xulosani oʻqib eshittirdi.
Taʼkidlanishicha, Oysulton kokainga ruju qoʻygan. Huquqni muhofaza qilish organlari maʼlumotlariga koʻra, guvohlar, politsiya va psixiatr koʻrsatmalariga asoslanib, bir necha yildan buyon narkotik moddalarga tobelik bilan kurashgan 29 yoshli Oysultonning oʻlim sabablari shubhali emas va narkotik moddalar bilan bogʻliq.
“Oilamiz sevimli Oysultonning oʻlimi munosabati bilan chuqur qaygʻuda. Uning oʻlimi biz uchun aqlga sigʻmaydigan qaygʻuga aylandi, undan hech qachon forigʻ boʻla olmaymiz. Oʻtgan 6 oy davomida katta koʻmak bergan kishilarga, munosib tergov oʻtkazgan koronerga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Biz ushbu juda qiyin paytda maxfiylik haqida soʻraymiz”, - deb bayonot bergan Nazarboyevlar oilasi.
2020 yil avgust oʻrtalarida Nursulton Nazarboyevning toʻngʻich qizi Dariga oʻgʻli Oysulton vafot etgani haqida eʼlon qildi. Qozogʻiston OAVlariga koʻra, oʻlim sababi - yurak huruji.
2020 yil fevral oyida Oysulton Facebookdagi akkaunti orqali Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana soʻragan. U davlat rahbariyatini korruptsiyada aybladi, shuningdek, oila aʼzolari tomonidan bosim oʻtkazayotgani haqida maʼlum qilgan. Qozogʻistonda Oysultonning bu postlari bilan bogʻliq vaziyat - bu sobiq rahbarni obroʻsizlantirishga urinish ekanligi haqida xabar berildi.
2019 yil oktyabr oyida London Sautvork qirollik sudi Oysultonni birovning uyiga noqonuniy kirgani, politsiya xodimiga qarshilik qilgani uchun bir yillik shartli qamoq jazosiga mahkum etilgan. Hukmda 18 oy sinov muddati va narkotik moddalarga tobeligidan davolanish qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala