“Ekrandagi kirlarni tozalash kerak": Nurmagomedov Morgenshtern haqida

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPremiya "Chelovek goda – 2020" po versii jurnala GQ
Premiya Chelovek goda – 2020 po versii jurnala GQ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Habib Nurmagomedov avvalroq repper Morgenshtern haqida fikr bildirdi
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov avvalroq repper Morgenshtern (Alisher Morgenshtern) konsertlarini taqiqlash kerak, deb fikr bildirgan jangchi Aleksandr Shlemenkoni qo‘llab-quvvatladi.

"Hammasi to‘g‘ri, Sasha, qadriyatlar endi o‘zgardi. Bu yerda eng yomoni - bolalar. Begona bolalar bo‘lmaydi. Umid qilamanki, mamlakatimizda bu barcha iflosliklarni nazorat qiladigan va ekranlardan tozalaydigan organ paydo bo‘ladi", - deb yozdi Nurmagomedov Instagramda.

Avvalroq, IBF bo‘yicha sobiq jahon chempioni Denis Lebedev ijrochini "jamiyat chiqindisi" deb atagandi.
Yaqinda Alfa-banki Morgenshternni Rossiyadagi "eng munozarali kreativ marketolog" deb hisobladi va uni ishga oldi. Bank tarkibida unga alohida lavozim - "yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor" ochildi.
Yangiliklar lentasi
0