Iqtisod

Oʻzbekiston hukumati qishloqlardagi hayot tarzini yaxshilashga 21 trillion soʻm yoʻnaltiradi

Maxallya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Prezident bunaqa imkoniyat Oʻzbekiston tarixida boʻlmagani, lekin bu pulni loyiha bilan, halol-pok ishlatib, elga munosib sharoit yaratish kerakligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. 2021 yilda“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarinini amalga oshirishga 21 trillion soʻm yoʻnaltiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
“Bu yil mazkur dasturlar doirasidagi ishlarga jami 21 trillion soʻm yoʻnaltirilishi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Prezident bu mablagʻlar tashqi qarz jalb etmasdan ajratilayotganini taʼkidladi.
Bunaqa imkoniyat Oʻzbekiston tarixida boʻlmagan. Lekin bu pulni loyiha bilan, halol-pok ishlatib, elga munosib sharoit yaratish kerak.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 marta prinyal gruppu mejdunarodnыx konsultantov – Alfreda Guzenbauera, Aleksandra Kvasnevskogo i Shtefana Fyule - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Prezidetning 2018 yildagi farmonlari bilan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari qabul qilingan edi. Ushbu dasturlar doirasida 5 millionga yaqin fuqarolar yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloqdagi sharoitlar yaxshilandi. Lekin oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli bu boradagi ishlar vaqtincha toʻxtatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala