Jamiyat

Oʻzbekistonda rekreatsion koʻl hududlari tashkil etiladi

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishOtdыxayuщiye na plyaje v Tsentralnom rayone goroda Sochi
Otdыxayuщiye na plyaje v Tsentralnom rayone goroda Sochi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
“Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Loyihada Jizzax va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subektlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turizm infratuzilma obektlarini barpo etish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekratsion koʻllar hududi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda;
Mujchina prыgayet v vodu na plyaje v Braytone, Velikobritaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2020
Navoiyda zamonaviy plyaj ochiladi
Hujjatga Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va Toʻdakoʻl koʻli rekratsion koʻllar hududida turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi va ushbu hududda turizm xizmatlarini rivojlantirish dasturi ilova qilingan.
Ayni paytda Arnasoy, Zafarobod va Forish tumanlari hududida 45 ta zamonaviy mehmonxona hamda 150 ta mehmon uylarini tashkil etish rejalashtirilgan. Sayyohlarning hududda uzoqroq muddat qolishini taʼminlash maqsadida milliy urf-odat va anʼanalar, toʻy-marosimlar, koʻngilochar tadbirlar namoyish etish, tabiatga, shuningdek, madaniy-tarixiy maskanlarga sayohatlar uyushtirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala