Jamiyat

Pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln soʻm mukofot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Zangiota tuman filiali boʻlimi boshligʻi oʻziga nisbatan pora taklif qilinayotganligi toʻgʻrisida organlarga oʻz vaqtida xabar bergan.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkent viloyatida pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln soʻm mukofot berildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan tezkor tadbirda oʻtkazilgan. Unda “E.” MCHJ rahbari oʻrinbosari “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” Zangiota tuman filiali boʻlimi boshligʻiga 1000 dollar pora taklif qilib, bergan vaqtida ushlangan. U porani jamiyatga tegishli issiqxona qurilishi uchun ajratilgan yer maydonining topografik fotosuratini tasdiqlash evaziga bergan.
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Hodisalar
“Toshkent shahar suv taʼminoti” mansabdorlari pora bilan qoʻlga tushdi
Kadastr agentligi rahbariyati tuman boʻlim boshligʻini oʻziga nisbatan pora taklif qilinayotganligi toʻgʻrisida organlarga oʻz vaqtida xabar berganligi uchun 10 mln soʻm bilan mukofotlagan.
Bundan tashqari, unga Xonobod sihatgohiga 2 kishilik yoʻllanma berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala