Jamiyat

Rossiya 1 apreldan Oʻzbekiston va yana 5ta davlat bilan parvozlarni tiklaydi

© AFP 2018 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
"Moskva - Toshkent" yoʻnalishida doimiy aviaparvozlar 1 apreldan boshlab amalga oshirila boshlaydi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Rossiya 1 apreldan boshlab 6ta mamlakat bilan parvozlarni tiklaydi - Germaniya, Venesuela, Siriya, Tojikiston, Shri-Lanka va Oʻzbekiston bilan aviaparvozlarni tiklaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Koronavirusga qarshi kurash operativ shtab xabariga asosan.

"Boʻlib oʻtgan muhokamalardan soʻng, alohida mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni hisobga olib, bosh vazir Mixail Mishustin bilan kelishgan holda, 2021 yilning 1 apreliden boshlab Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston, Shri-Lanka va Oʻzbekiston bilan doimiy aviaparvozlarni tiklashga qaror qilindi", - dedi bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova.

Parvozlar "Toshkent - Moskva" yoʻnalishida haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Rossiya va Oʻzbekiston orasida koronavirus cheklovlari bekor qilinishi va chegaralar toʻliq ochilishi haqida hozircha aniq maʼlumot berilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala