Rossiya agroxoldingi O‘zbekistonda yangi issiqxona majmuasini barpo etmoqda

© Sputnik / Aleksey MalgavkoTomati v teplitse
Tomati v teplitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Obyektning jami qurilishiga kiritiladigan sarmoyalar miqdori taxminan 15 milliard rubl deya baholanmoqda.
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Rossiya agrosanoat xoldingi - "EKO-kultura" 2024-yilga kelib O‘zbekistonda yangi issiqxona majmuasini qurib bitkazadi. 2021-yilning iyulida obyektning ilk navbatini ishga tushirilishi rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya.
Xabarda aytilishicha, majmua Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 150 gektar maydonda joylashadi. U yerda yiliga uzluksiz ravishda pomidor yetishtirish mumkin bo‘ladi.
Butun majmuani qurib bitkazish uchun kiritiladigan investitsiyalarning umumiy hajmi — taxminan 15 milliard rublni tashkil etadi.
Tomati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
O‘zbekiston Rossiyaga yuboriladigan pomidorlar ustidan sifat nazoratini kuchaytiradi
Qurilish tugaguniga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ulushi qishloq xo‘jaligi xoldingining umumiy ishlab chiqarish hajmining 12 foizini tashkil etishi rejalashtirilgan.
Ishni 2024-yilgacha to‘liq yakunlash rejalashtirilgan: bu vaqtga kelib u yerda yiliga 80 ming tonnadan ortiq pomidor yetishtiriladi.
"Ishlab chiqarish quvvatining oshirilishi agroxoldingga pomidorlar bilan nafaqat RF aholisini, balki Fors qo‘ltig‘i va Osiyo ahlisini ta’minlash imkonini beradi”, - deya tushuntirdi kompaniya vakili.
Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
O‘zbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
"EKO-kultura" agrosanoat xoldingi — RFning eng yirik sabzavot yetishtiruvchilaridan biri sanaladi. Kompaniya Stavropol o‘lkasi, Leningrad, Tula, Lipesk va Voronej viloyatlarida 300ga yaqin yuqori texnologiyali issiqxonalarga ega.
Asosan – pomidorlar, bodring va salat bargini yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 2025-yilga kelib issiqxonalar maydonini 1 143 gektarga oshirishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0