Rossiya

"KoviVak" - Rossiya koronavirusga qarshi 3-vaktsinani ishlab chiqarishni boshladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtish
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
"KoviVak" - zaiflashtirilgan tirik koronavirus asosida yasalgan birinchi vaktsinadir. U inson organizmida virusga nisbatan eng toʻliq immunitet shakllantirishi mumkin.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyaning Chumakov nomidagi immunobiologik preparatlar ishlab chiqarish markazida koronavirusga qarshi uchinchi vaktsina - "KoviVak"ni ishlab chiqarish boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ushbu jarayonning tantanali boshlanish marosimida Taʼlim va fan vaziri Valeriy Falkov ishtirok etdi.
"KoviVak" - suyuqlik shaklida boʻlib ampulalarda ishlab chiqariladi. Bir upakovkadada 10 dona ampula boʻlib uning eng yuqori narxi 4330 rublni tashkil qiladi", - deyilgan xabarda.
"KoviVak" - butunvirion turdagi vaktsina boʻlib, u yuqish qobiliyatidan mahrum qilingan, lekin immunitet uygʻotish xususiyatini saqlab qolgan SARS-CoV-2 virusining oʻzidan iborat.
Ushbu vaktsina eng qadimiy turdagi vaktsina boʻlib insoniyat bunday vaktsinalardan 100 yildan ortiq vaqt davomida foydalanib kelmoqda.
Bunday vaktsinalar oʻzida virusda mavjud boʻlgan barcha oqsillarni mujassamlashtirgan boʻladi va insonda uygʻotiladigan immunitet javobi - eng toʻliq boʻladi. Yaʼni inson organizmida virusda mavjud boʻlgan barcha DNKlarga nisbatan antitanachalar paydo boʻladi.
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Hech qanday xorijiy vaktsina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin
Bugungi kunga qadar olingan maʼlumotlarga asosan, emlanganidan 28 kun oʻtib "KoviVak" samardorli 85% ni tashkil qiladi. Lekin vaktsina ishlab chiqaruvchilari aytishiga koʻra keyinroq uning samaradorlik koʻrsatgichi ortishi mumkin.
Maʼlumot uchun, vektorli vaktsinalar tarkibida odatda virusning bir boʻlagi mavjud va inson immuniteti aynan mana shu boʻlakda mavjud DNKlarga nisbatan shakllanadi.
"KoviVak" Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligida 20 Fevralda roʻyxatga olingan edi. 2021 yil oxiriga qadar 10 million doza vaktsina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada ayni damda ikkita vaktsina roʻyxatdan oʻtgan "Sputnik V" va "EpiVakKorona". "Sputnik V" bilan emlanganlar soni 4,3 milliondan oshib ketgan. Mart oyida "EpiVakKorona" bilan 600 ming kishini emlash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala