“Rossiyani jazolash”. Lavrov Rossiya-YeI munosabatlari haqida

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Yevrosoyuza
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevroittifoqi Moskva va Brussel “munosabatlar infrastuzilmasi”ni vayron qildi, deb hisoblaydi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Anton Lisitsin. Yevroittifoqi Moskva va Brussel “munosabatlar infrastuzilmasi”ni vayron qildi, deb hisoblaydi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat ayrim davlatlar – sherik bo‘lib qolgan. Biroq Rossiya aloqani qayta tiklashga tayyor, agar buni Yevropada ham xohlashsa. Diplomatlar qanday til topishga harakat qilishmoqda – RIA Novosti materialida.

O‘zgarishsiz

Lavrov fikriga ko‘ra, YeIning ayrim davlatlari, milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Moskva bilan munosabatlar davom ettirishmoqda. “Hozircha “g‘arbiy frontda hech qanday o‘zgarishlar yo‘q”, - dedi vazir. Bizda Sharqda kun tartibi qizg‘in, har yili yanada boyib bormoqda”.
Agar Yevroittifoqi nihoyat aloqalarni normal holatga keltirishga qaror qilsa, Moskva ularni tiklashga tayyor, dedi Rossiya diplomatiyasi rahbari seshanba kun.
"Albatta, biz bu munosabatlarni teng huquqlilik va manfaatlar muvozanatini izlash asosida rivojlantirishga tayyormiz", - deb qo‘shimcha qildi u. Undan avval Lavrov "zamonaviy xalqaro maydonda kimnidir jazolash umuman noto‘g‘ri, Rossiya va Xitoyga bunday o‘lchov bilan murojaat qilishga urinish esa – bu shunchaki aqlsizlik", - deb ta’kidlagan edi.
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Lavrov: Yevroittifoq bilan munosabatlar yo‘q qilingan
Bir kun avval Yevropa diplomatiyasining rahbari Jozep Borrel keskinlikning oshishida Moskvani aybladi. “Bizga Rossiya qarama-qarshilik yo‘liga o‘tib olgani tushunarli”, - dedi u YeI Kengash yig‘ilishi yakunlarida. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya tobora ko‘proq Yevropa ittifoqidan uzoqlashmoqda”.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik diplomatlar Rossiya bilan munosabatlarda beshta tamoyilga rioya qilishlarini yana bir bor tasdiqladilar: Minsk kelishuvlarini amalga oshirish, Yevropa ittifoqining Sharqiy sheriklar deb atalmish, ya’ni postsovet respublikalari bilan aloqalarni mustahkamlash, Moskva bilan umumiy manfaatlarni hisobga olgan holda tanlab ish olib borish, "Rossiya fuqarolik jamiyati"ni qo‘llab-quvvatlash va Yevropaning energiya xavfsizligini ta’minlash.
Borrellning bayonoti bilan rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar qo‘llanildi. OAV Yevropa ittifoqi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Rossiya amaldorlariga qarshi choralar ko‘rishi haqida ogohlantirgandi. “Iv Roshe” ishi bo‘yicha sud unga shartli qamoq jazosini bekor qildi, sinov muddati davomida ko‘plab qonunbuzarliklar tufayli uni uch yarim yil umumiy rejimdagi koloniya bilan almashtirildi.
To‘g‘risi, Yevropa ittifoqi kuchishlatar idora xodimlariga qarshi shaxsiy sanksiyalar bilan cheklandi. Yevroittifoqi Kengashi Rossiya iqtisodiyotiga qarshi choralar ko‘rmadi.
Shunga qaramay, Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu qadamni "ultimatum va boshi berk bosim o‘tkazish siyosatidan voz kechish" uchun boy berilgan imkoniyat deb atadi. "Rossiya tomoni Yevropa Ittifoqining navbatdagi nodo‘stona harakatlarini mutanosib javobsiz qoldirmaydi", - deb ta’kidladi u.
Lavrov o‘sha vaqtda Brussel siyosatida aynan Moskvaga mos kelmaydigan narsalar haqida batafsil tushuntirish bergandi: YeI ikki tomonlama munosabatlarning "ataylab deyarli butun infratuzilmani vayron qildi". Vazir Rossiyaga nisbatan asossiz ayblovlarni ilgari surib, Ukraina hukumatining xatti-harakatlari uchun javobgar qilishni xohlashlarini eslatdi: "Yevroittifoqi Rossiya bilan aloqalarni normallashtirishni Ukraina bo‘yicha Minsk kelishuvlarini amalga oshirish bilan bog‘lashda davom etmoqda, Kiyev esa ularni ochiqdan-ochiq sabotaj qilmoqda".

Rossiyaga qarshilik va tiyib turish

Aytgancha, YeIning Moskvadagi vakili Markus Ederer Borrell bilan tushlik ovqatda YeI Rossiya bilan o‘zaro muloqotida Ukraina mojarosiga haddan tashqari e’tibor qaratganini va pozitsiyani o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagandi. Bloomberg bu haqda xabar qildi - Yevrokomissiya matbuot xizmati hatto yig‘ilishda ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha izoh bermadi. Rasmiy: Yevropa tashqi ishlar idoralari rahbarlari yana "Moskva bilan munosabatlarda beshta asosiy tamoyilga rioya qilish tarafdori ekanliklarini bildirdilar". Shu bilan birga, diplomatlar "zarur bo‘lgan hollarda Rossiyaga qarshilik ko‘rsatish, tiyib turish va o‘zaro munosabatlar bo‘yicha umumiy yondoshuvi"da birdamlik ekanliklarini bildirishdi.
Moskva Yevropa Kengashi xususida ham fikr bildirdi. Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko ta’kidlashicha, Kreml Yevropa Kengashiga a’zo bo‘lganligini qadriga yetadi, ammo buning uchun "har qanday narx" to‘lamaydi. "Bizga nisbatan stavkalarning doimiy o‘sishi – bu muvaffaqiyatsiz yo‘l ekanligi oldindan ma’lum", deb ogohlantirdi va baribir haqiqat lahzasi keladi, deb qo‘shimcha qildi.
Lavrov Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni kim buzganligini aytdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Yevropa o‘zi Rossiya bilan munosabatlarni yo‘q qildi - Moskva qanday javob beradi?
Umuman olganda, Moskva va Brussel o‘rtasidagi mojaro Borrell fevral oyining boshida Rossiya poytaxtidan qaytib kelganidan keyin sodir bo‘ldi. O‘shanda u sanksiyalarni qo‘llashga ruxsat berdi, chunki rossiyalik hamkasblari bilan suhbatlarda aloqa "keskinlikning yuqori darajasiga yetdi".
Darhaqiqat, na muzokaralar foni, na ularning borishi notinch edi. Mitinglarda politsiyaning qo‘pol harakatlari uchun tanqidga uchragan Rossiya tomoni Yevropa vakillariga AQSh va Yevropadagi norozilik namoyishlarining zo‘ravonlik bilan tarqatilishi aks etgan videolarni taqdim etdi. Lavrov bilan tushlikda Borrel YeIning uch nafar - nemis, polyak va shved diplomati mitinglarda qatnashgani uchun Moskvadan chiqarib yuborilayotgani haqida xabar topdi.
Bu tashrif uchun Rossiya diplomatiyasining rahbari Yevropada tanqidga uchradi. An’anaviy tarzda sobiq SSSR respublikalari vakillari keskin chiqish qilishdi.
Xususan, Yevropa parlamentida xalq partiyasi fraksiyasidan, Latviyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Sandra Kalniyete u Navalniy bilan uchrashmaganligi va Lavrov bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgani uchun Borrelni aybladi. "Lavrov o‘z qoidalari bilan o‘ynadi va xohlagan narsasini oldi", - deydi anonim yevropalik diplomat, The Telegraph gazetasi uning so‘zlaridan iqtibos keldiradi.
Rossiya TIV MGIMO integratsion jarayonlar bo‘limi boshlig‘i Nikolay Kaveshnikov ta’kidlaydi: Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar "90-yillarning boshidan beri eng past darajada". "Kreml nuqtayi nazaridan javobgarlik Yevropa Ittifoqida: Qrim, Donesk va Lugansk viloyatlarining ayrim hududlaridagi voqealardan keyin va u sanksiyalarni joriy qildi va hanuzgacha Rossiyaning xalqaro maydondagi harakatlariga o‘z munosabatini bildirishda ulardan foydalanmoqda".
Kaveshnikov YeI qarashini ham ochib beradi: "Ularning fikriga ko‘ra, 2014-yilda Rossiya xalqaro huquq normalariga qarshi chiqdi va "zararli faoliyatni" davom ettirmoqda. Brusselda Kremlning ko‘plab qadamlari majburiyatlarni buzish deb hisoblanadi".
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Rossiya SWIFTdan uzib qo‘yiladimi – Kreml izohi
Tafovutlar aniqlab olindi, biroq tomonlar o‘z pozitsiyalari yaqinlashtirishmadi.
"YeIning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha fikri – bu asosiy davlatlarning ta’siri qolganlarga qaraganda yuqori ekanligini hisobga olgan holda davlatlarning o‘rtacha qarashlari. Yevroittifoqida Rossiya bilan munosabatlarning buzilishini to‘xtatishdan manfaatdor kuchlar bor, hech bo‘lmaganda biznesga to‘sqinlik qiladigan joyda to‘xtatish uchun. Ammo Mogerinining beshta tamoyilini ishlab chiqib Yevropa Ittifoqi bu minimal konsensusga erishdi. Ular boshqa narsa o‘ylab topa olishmayapti", - deydi Kaveshnikov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy hukumatlar bilan aloqalarni rivojlantirish - hozirgi paytda amalga oshirish mumkin bo‘lgan yagona narsa. Ammo iqtisodiyot, investitsiya va hattoki tashqi siyosatning ko‘plab masalalari millatlararo darajada hal qilinadi va manevr qilish uchun joy cheklangan.
Siyosatshunos, tarix fanlari nomzodi Andrey Suzdalsev YeI va umuman G‘arb davlatlarining Rossiya bilan qarama-qarshiligi ma’lum bir algoritm asosida rivojlanib borayotganini ta’kidlaydi.
"Bir muncha vaqt o‘tgach, sanksiyalarni kiritish sabablari unutiladi, sezgi xiralashadi, demak yangi yorqin sabab topish kerak. Masalan, ikki marta kimnidir “Novichok” bilan zaharlashdi, ammo oxirigacha emas. Hammasi tushunarli: Moskva, kimoviy qurol ishlatdi va shunchaki kimoviy emas, balki ommaviy qirg‘in qiladigandan".
Uchastniki shestviya latishskogo legiona Vaffen SS v Rige. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
AQSh razvedkasi Latviya SS shafqatsiz jallodlarini yollagan - doklad
"Bu biz uchun g‘alati, - deb davom etadi siyosatshunos. "Solsberining yarmi kimoviy quroldan o‘lib ketishi aniq, ammo g‘arblik odam buni xazm qiladi. Shuning uchun ular “noto‘g‘ri Rossiya jazolashlarini” namoyish qilmoqda. Aynan shu sababga ko‘ra, bizning javob choralarga “gap qaytarishga qanday jur’at etdinlar” degan ruhda g‘azablanishga sabab bo‘lmoqda.
Bahonalar soni asta-sekin kamayib bormoqda - va bu kun tartibini buzadi, deb hisoblaydi Suzdalsev. Qaysidir ma’noda tomonlar o‘tib bo‘lmaydigan qizil chiziqlarga yaqinlashdi. "Biz 90- yillardan buyon munosabatlarning eng past darajasida turibmiz, lekin bizda juda ko‘p aloqalar mavjud - iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik.
Muloqot shu ruhda davom etishi mumkin: Rossiya nimadir uchun aybdor davlat sifatida namoyish etiladi, uni tarbiyalashadi. Amaliy maqsad esa bitta: biz bozorga taklif qilayotgan narsamizning narxini pasaytirish. "Biz sizlardan jirkanamiz" kabi. Bunga ergashishning hojati yo‘q, bu barqarorlik va xavfsizlikni qo‘shmaydi", - deb xulosa qildi ekspert.
Uning fikriga ko‘ra, aslida esa Yevropada kamdan kam kishilarni ayblovlarning dalillariga qiziqtirishi ayon bo‘lganda muloqot tugadi. Moskva Brusselda hamma tinchlanib, sovishini kutish chorasi qoladi, chunki Rossiya ichida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yetarli.
Yangiliklar lentasi
0