Rossiyaning eng yirik poyabzal sotuvchisi O‘zbekistonda zavod quradi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishDemonstratsiya jenskoy obuvi
Demonstratsiya jenskoy obuvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Kari O‘zbekistonda yiliga 10 million juft poyabzal ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Oyoq kiyimlari ham natural ham sun’iy teridan ishlab chiqariladi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyaning eng yirik poyabzal sotuvchi do‘konlar tarmog‘i O‘zbekiston zavod ochadi, deb xabar qilmoqda "O‘charmsanoat" assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Yangi korxona to‘liq xorijiy investitsiyalar asosida quriladi. Uni bir yil ichida ishga tushirish rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda korxona yiliga 10 million juft oyoq kiyimi ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Mahsulot to‘liq eksportga yuboriladi. Korxonada 1000dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
"O‘zcharmsanoat", xabarda aytilishiga ko‘ra, Korxona eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan bo‘ladi va ham natural teridan ham sun’iy teridan poyabzal ishlab chiqaradi.
Kari 2012-yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda Rossiyaning 5ta eng yirik poyabzal savdo tarmog‘iga kiradi. 2020-yil oxirida Kari Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Polshaning 300ta shahrida 1,3 mingdan ortiq savdo nuqtalariga ega bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0