Sport

Sambo boʻyicha Jahon chempionati Moskvadan Toshkentga koʻchirildi

Sambo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Sport va jangovar samboning yangi vazn toifalari boʻyicha birinchi Jahon chempionati Toshkentda boʻlib oʻtadi. Sportchilar 21 toʻplam medallar uchun kurashadi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Sport va Jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati 11-15 noyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Xalqaro Sambo federatsiyasi (FIAS) xabariga asosan.
Aslida ushbu musobaqa Moskvada boʻlib oʻtishi kerak edi, lekin Rossiya Sambo Federatsiyasi rahbari Xalqaro Sambo federatsiyasiga va Moskva meriyasiga musobaqani 2025 yilga koʻchirish haqida murojaat bilan chiqdi.

"Xalqaro Sambo federatsiyasi ijroiya qoʻmitasi aʼzolari bugun 2021 Jahon chempionati boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan joyni belgilashdi. Yagona rasmiy ariza Oʻzbekiston sambo federatsiyasi tomonidan berilgan edi va u qondirildi. Musobaqa 11-15 noyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi", - deylgan FIAS xabarida.

Bu yangi vazn toifalarida boʻlib oʻtadigan birinchi jahon chempioanti boʻladi. unda sportchilar 21 toʻplam medallar uchun kurashadi. Sport sambosida 14 toʻplam (ayollar va erkaklar orasida 7 tadan) va 7ta - jangovar sambo boʻyicha (erkaklar orasida).
Shunday qilib 2021 yilda Toshkentda sambo boʻyicha ikkita yirik musobaqa boʻlib oʻtadi. Iyunda - Sambo boʻyicha Osiyo chempionati, Noyabrda - Jahon chempionati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala