Sambo bo‘yicha Jahon chempionati Moskvadan Toshkentga ko‘chirildi

Sambo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Sport va jangovar samboning yangi vazn toifalari bo‘yicha birinchi Jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Sportchilar 21 to‘plam medallar uchun kurashadi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Sport va Jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionati 11-15 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Xalqaro Sambo federatsiyasi (FIAS) xabariga asosan.
Aslida ushbu musobaqa Moskvada bo‘lib o‘tishi kerak edi, lekin Rossiya Sambo Federatsiyasi rahbari Xalqaro Sambo federatsiyasiga va Moskva meriyasiga musobaqani 2025-yilga ko‘chirish haqida murojaat bilan chiqdi.

"Xalqaro Sambo federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zolari bugun 2021 Jahon chempionati bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan joyni belgilashdi. Yagona rasmiy ariza O‘zbekiston sambo federatsiyasi tomonidan berilgan edi va u qondirildi. Musobaqa 11-15 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi", - deylgan FIAS xabarida.

Bu yangi vazn toifalarida bo‘lib o‘tadigan birinchi jahon chempioanti bo‘ladi. unda sportchilar 21 to‘plam medallar uchun kurashadi. Sport sambosida 14 to‘plam (ayollar va erkaklar orasida 7 tadan) va 7ta - jangovar sambo bo‘yicha (erkaklar orasida).
Shunday qilib 2021-yilda Toshkentda sambo bo‘yicha ikkita yirik musobaqa bo‘lib o‘tadi. Iyunda - Sambo bo‘yicha Osiyo chempionati, Noyabrda - Jahon chempionati.
Yangiliklar lentasi
0