Siyosatshunos Putin qay tarzda prezidentlikni tark etishi haqida gapirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezidenta RF Vladimir Putin
Prezidenta RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Konstantin Kalachev Vladimir Putin qachon va qay tarzda Rossiya prezidenti lavozimini tark etishi haqida so‘zladi
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat rahbari lavozimini “umrbod” egallamaydi, deydi ishonch bilan siyosatshunos Konstantin Kalachev. Ekspert o‘z fikrlarini Sputnik radiosi bilan suhbatda bildirgan.
Kalachev fikricha, Putin o‘z vakolatlarini topshirish haqidagi qarorni kutilmaganda qabul qiladi.
"Qabul qilingan qonun loyihasi – bu hukm, Putin endi umrbod prezident bo‘ladi, deya hisoblaydiganlar adashishadi. Putin o‘zining prezidentlikni tark etishi haqidagi qarorni kutilmaganda va qo‘qqisdan qabul qiladi”, - dedi Kalachev.
Putin i Shoygu. Vixodnie v Sibiri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Taygada hordiq chiqarayotgan Putin va Shoygu videosi paydo bo‘ldi
Ilgariroq RF Davlat dumasi amaldagi prezidentga yana ikki muddat prezidentlik lavozimiga da’vogarlik huquqini taqdim qiluvchi qonunni qabul qilgan edi.
Ushbu tashabbus mualliflari deputatlar Pavel Krasheninnikov va Olga Savastyanova, shuningdek, senator Andrey Klishas bo‘ldi.
Xususan, “Prezident saylovlari to‘g‘risidagi” qonun davlat rahbari lavozimiga yoshi 35dan kichik bo‘lmagan Rossiya fuqarosi o‘z nomzodini ilgari surishi mumkinligi qayd etilgan.
Inauguratsiya prezidenta Rossii V. Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2019
Kiselov: Putin o‘ziga voris tayyorlamoqda
Nomzod kamida 25-yil RFda istiqomat qilgan, boshqa davlat fuqaroligi yoki vaqtincha yashash huquqini beruvchi hujjatiga ega bo‘lmasligi lozim.
Bundan tashqari, qonunda davlat rahbarining ikki muddatdan ortiq vaqtga saylanishini ta’qiqlovchi nizomlarga aniqlik kiritilgan. Endilikda asosiy qonunga kiritilgan tuzatishlargacha mamlakat yetakchisi lavozimida o‘tkazilgan yillar hisobga olinmaydi.
Yangiliklar lentasi
0