https://oz.sputniknews-uz.com/20210325/sputnik-v-khavfsizligi-atto-skeptiklar-uchun-am-an-blib-oldi--professor-butenko-17949276.html
"Sputnik V" xavfsizligi hatto skeptiklar uchun ham ayon boʻlib qoldi — professor Butenko
"Sputnik V" xavfsizligi hatto skeptiklar uchun ham ayon boʻlib qoldi — professor Butenko
TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. "Sputnik V" xususiyatlari nimalardan iborat va koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan maʼno hamda uning foydasi nimadan iboratligi haqida
2021-03-25T11:01+0500
2021-03-25T11:01+0500
2021-03-25T11:01+0500
jamiyat
sputnik v vaktsinasi
covid-19 umumjahon pandemiyasi
vaktsina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/16/17891277_0:317:3077:2048_1920x0_80_0_0_b11218770bfd4c66d194b76de3175a6b.jpg
TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. "Sputnik V" xususiyatlari nimalardan iborat va koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan maʼno hamda uning foydasi nimadan iboratligi haqida Sputnik Oʻzbekiston XAAga bergan intervyusida professor, RF Sogʻliqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Aleksandr Butenko hikoya qildi.— Aleksandr Mixaylovich, "Sputnik V" qanday ishlaydi, u koronavirus infektsiyasiga qarshi immunitetni qay tarzda koʻtaradi?— "Sputnik V" — inson adenovirusi asosida yaratilgan vektorli vaktsinadir. Bugungi kunda ushbu preparatning uchinchi bosqichi juda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi, u chet ellarda tan olindi, koʻplab mamlakatlar undan foydalanish va preparatni oʻz hududida ishlab chiqarishdan manfaatdor. Rossiyada "Sputnik V" bilan olti millionga yaqin kishi emlandi, ularning yarmidan koʻpi ikkala komponentni oldi, emlash ularda hech qanday salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmadi."Sputnik V" ikkita komponentdan iborat. Ikkinchisi birinchisidan keyin oradan 14 kun oʻtib kiritiladi. Ikkinchi komponent olinganidan uch hafta oʻtib immunitet toʻliq shakllanishiga erishiladi. Shu bilan birga, birinchi inʼyektsiyadan keyin inson allaqanday himoyaga ega boʻladi.Vaktsinalash natijasida ikki turdagi immunitet ishlab chiqiladi — gumoral (antitanachalar) va hujayrali (immunologik xotiraning hosil boʻlishi). Bu juda muhim, nega deganda, aytaylik, revaktsinatsiyadan soʻng yoki boshqa virusni tasodifan yuqtirib oladigan taqdirda, kasallanmaydi yoki kasallikni simptomlarsiz oʻtkazadi.Yoki ularda ular immunlashganlari tufayli - buster-effekt hosil boʻladi.Aytgancha, "Sputnik V" ning ikkala komponentini olgandan soʻng immunitet darajasi kasallikni boshdan kechirgandagiga nisbatan yuqori boʻladi.—"Sputnik V" taʼsiri davomiyligi qancha?— Bu savolga aniq javob aytish hozircha imkonsiz. Chunki uchinchi faza sinovlar va ommaviy emlash kampaniyasi boshlangandan buyon koʻp vaqt oʻtgani yoʻq. Albatta, kuzatuvlar davom etmoqda va davom etadi. Emlanadigan kishilar antitanachalar darajasini aniqlash uchun bir necha marta test topshirsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi. Hozircha esa mualliflar "Sputnik V" samaradorligi 92 va undan ortiq foizni tashkil etishini maʼlum qilishdi. Aytilishicha, emlangan va immuniteti yetarli darajada shakllanmagan insonlar ham koronavirus infektsiyasining oʻrtacha-ogʻir yoki ogʻir formalari bilan bemorlanmaydi.Hozircha uzoq istiqbolli xulosalarni aytishga erta, ammo "Sputnik V" – bezarar va juda foydali preparat ekanligi hozirda hatto skeptiklar uchun ayon boʻlib qoldi.— Oʻzbekiston bugun COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaktsinasini oldi. Respublika aholisi esa 35 millionga yaqinni tashkil etadi. Mamlakatda epidemiologik jarayonni nazoratda ushlash uchun qancha kishi emlangan boʻlishi kerak?— Olimlarning taʼkidlashicha, kasallik yuqishining epidemik zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud boʻlishi kerak. Shundagina kasallik keskin kamayishni boshlaydi.Vaktsinalar taqchilligida odatda yuqori xavf guruhiga mansub kishilardan emlashni boshlashadi – COVID-19ni yuqtirgan bemorlar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va hokazo tartibda ishlar yoʻlga qoʻyiladi.Shuningdek, kasallikni yengil, oʻrta-ogʻir va alomatlarsiz oʻtkazgan insonlar hisobiga shakllanadigan himoya taʼsirini ham inobatga olish kerak. Moskva shahrining ellik foiz aholisi, shahar meri xabariga koʻra, kasallik natijasida antitanachalarga ega boʻlishgan – bu oʻta yuqori koʻrsatkichdir.Bu emlash ishlari bilan bir qatorda ertami-kechmi infektsiya oʻchogʻining yoʻq qilinishiga olib kelishi kerak.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210324/ozbekistonda-ommaviy-emlash-17932657.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210324/vaktsina-olishdan-emas-olmaslikdan-khavfsirash-kerak---epidemiolog-bilan-subat-17943852.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210317/sputnik-v-17812106.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/16/17891277_249:0:2980:2048_1920x0_80_0_0_934f627cc15885cf96f96657295c195a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sputnik v vaktsinasi, covid-19 umumjahon pandemiyasi, vaktsina
"Sputnik V" xavfsizligi hatto skeptiklar uchun ham ayon boʻlib qoldi — professor Butenko
COVID-19ga qarshi emlash kampaniyasi Oʻzbekistonda aprel oyidan start olishi eʼlon qilindi. Respublika aholisi emlanadigan preparatlardan biri Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sputnik V” nomi bilan mashhur "Gam-KOVID-Vak" boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. "Sputnik V" xususiyatlari nimalardan iborat va koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan maʼno hamda uning foydasi nimadan iboratligi haqida
Sputnik Oʻzbekiston XAAga bergan intervyusida professor, RF Sogʻliqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Aleksandr Butenko hikoya qildi.
— Aleksandr Mixaylovich, "Sputnik V" qanday ishlaydi, u koronavirus infektsiyasiga qarshi immunitetni qay tarzda koʻtaradi?
— "Sputnik V" — inson adenovirusi asosida yaratilgan vektorli vaktsinadir. Bugungi kunda ushbu preparatning uchinchi bosqichi juda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi, u chet ellarda tan olindi, koʻplab mamlakatlar undan foydalanish va preparatni oʻz hududida ishlab chiqarishdan manfaatdor. Rossiyada "Sputnik V" bilan olti millionga yaqin kishi emlandi, ularning yarmidan koʻpi ikkala komponentni oldi, emlash ularda hech qanday salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmadi.
"Sputnik V" ikkita komponentdan iborat. Ikkinchisi birinchisidan keyin oradan 14 kun oʻtib kiritiladi. Ikkinchi komponent olinganidan uch hafta oʻtib immunitet toʻliq shakllanishiga erishiladi. Shu bilan birga, birinchi inʼyektsiyadan keyin inson allaqanday himoyaga ega boʻladi.
Vaktsinalash natijasida ikki turdagi immunitet ishlab chiqiladi — gumoral (antitanachalar) va hujayrali (immunologik xotiraning hosil boʻlishi). Bu juda muhim, nega deganda, aytaylik, revaktsinatsiyadan soʻng yoki boshqa virusni tasodifan yuqtirib oladigan taqdirda, kasallanmaydi yoki kasallikni simptomlarsiz oʻtkazadi.
Yoki ularda ular immunlashganlari tufayli - buster-effekt hosil boʻladi.
Aytgancha, "Sputnik V" ning ikkala komponentini olgandan soʻng immunitet darajasi kasallikni boshdan kechirgandagiga nisbatan yuqori boʻladi.
—"Sputnik V" taʼsiri davomiyligi qancha?
— Bu savolga aniq javob aytish hozircha imkonsiz. Chunki uchinchi faza sinovlar va ommaviy emlash kampaniyasi boshlangandan buyon koʻp vaqt oʻtgani yoʻq. Albatta, kuzatuvlar davom etmoqda va davom etadi. Emlanadigan kishilar antitanachalar darajasini aniqlash uchun bir necha marta test topshirsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi. Hozircha esa mualliflar "Sputnik V" samaradorligi 92 va undan ortiq foizni tashkil etishini maʼlum qilishdi. Aytilishicha, emlangan va immuniteti yetarli darajada shakllanmagan insonlar ham koronavirus infektsiyasining oʻrtacha-ogʻir yoki ogʻir formalari bilan bemorlanmaydi.
Hozircha uzoq istiqbolli xulosalarni aytishga erta, ammo "Sputnik V" – bezarar va juda foydali preparat ekanligi hozirda hatto skeptiklar uchun ayon boʻlib qoldi.
— Oʻzbekiston bugun COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaktsinasini oldi. Respublika aholisi esa 35 millionga yaqinni tashkil etadi. Mamlakatda epidemiologik jarayonni nazoratda ushlash uchun qancha kishi emlangan boʻlishi kerak?
— Olimlarning taʼkidlashicha, kasallik yuqishining epidemik zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud boʻlishi kerak. Shundagina kasallik keskin kamayishni boshlaydi.
Vaktsinalar taqchilligida odatda yuqori xavf guruhiga mansub kishilardan emlashni boshlashadi – COVID-19ni yuqtirgan bemorlar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va hokazo tartibda ishlar yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, kasallikni yengil, oʻrta-ogʻir va alomatlarsiz oʻtkazgan insonlar hisobiga shakllanadigan himoya taʼsirini ham inobatga olish kerak. Moskva shahrining ellik foiz aholisi, shahar meri xabariga koʻra, kasallik natijasida antitanachalarga ega boʻlishgan – bu oʻta yuqori koʻrsatkichdir.
Bu emlash ishlari bilan bir qatorda ertami-kechmi infektsiya oʻchogʻining yoʻq qilinishiga olib kelishi kerak.