"Sputnik V" xavfsizligi hatto skeptiklar uchun ham ayon bo‘lib qoldi — professor Butenko

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishNoviy punkt vaksinatsii ot COVID-19 v TS "Troyka"
Noviy punkt vaksinatsii ot COVID-19  v TS Troyka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
COVID-19ga qarshi emlash kampaniyasi O‘zbekistonda aprel oyidan start olishi e’lon qilindi. Respublika aholisi emlanadigan preparatlardan biri Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sputnik V” nomi bilan mashhur "Gam-KOVID-Vak" bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. "Sputnik V" xususiyatlari nimalardan iborat va koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan ma’no hamda uning foydasi nimadan iboratligi haqida Sputnik O‘zbekiston XAAga bergan intervyusida professor, RF Sog‘liqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Aleksandr Butenko hikoya qildi.

— Aleksandr Mixaylovich, "Sputnik V" qanday ishlaydi, u koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni qay tarzda ko‘taradi?

— "Sputnik V" — inson adenovirusi asosida yaratilgan vektorli vaksinadir. Bugungi kunda ushbu preparatning uchinchi bosqichi juda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi, u chet ellarda tan olindi, ko‘plab mamlakatlar undan foydalanish va preparatni o‘z hududida ishlab chiqarishdan manfaatdor. Rossiyada "Sputnik V" bilan olti millionga yaqin kishi emlandi, ularning yarmidan ko‘pi ikkala komponentni oldi, emlash ularda hech qanday salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmadi.
Hamma kutapti: O‘zbekistonda ommaviy emlash – eng asosiy savollarga javoblar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Hamma kutapti: O‘zbekistonda ommaviy emlash – eng asosiy savollarga javoblar
"Sputnik V" ikkita komponentdan iborat. Ikkinchisi birinchisidan keyin oradan 14 kun o‘tib kiritiladi. Ikkinchi komponent olinganidan uch hafta o‘tib immunitet to‘liq shakllanishiga erishiladi. Shu bilan birga, birinchi inyeksiyadan keyin inson allaqanday himoyaga ega bo‘ladi.
Vaksinalash natijasida ikki turdagi immunitet ishlab chiqiladi — gumoral (antitanachalar) va hujayrali (immunologik xotiraning hosil bo‘lishi). Bu juda muhim, nega deganda, aytaylik, revaksinatsiyadan so‘ng yoki boshqa virusni tasodifan yuqtirib oladigan taqdirda, kasallanmaydi yoki kasallikni simptomlarsiz o‘tkazadi.
Yoki ularda ular immunlashganlari tufayli - buster-effekt hosil bo‘ladi.
Vazira Mutalova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
"Vaksina olishdan emas, olmaslikdan xavfsirash kerak" - epidemiolog bilan suhbat
Aytgancha, "Sputnik V" ning ikkala komponentini olgandan so‘ng immunitet darajasi kasallikni boshdan kechirgandagiga nisbatan yuqori bo‘ladi.

—"Sputnik V" ta’siri davomiyligi qancha?

— Bu savolga aniq javob aytish hozircha imkonsiz. Chunki uchinchi faza sinovlar va ommaviy emlash kampaniyasi boshlangandan buyon ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q. Albatta, kuzatuvlar davom etmoqda va davom etadi. Emlanadigan kishilar antitanachalar darajasini aniqlash uchun bir necha marta test topshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Hozircha esa mualliflar "Sputnik V" samaradorligi 92 va undan ortiq foizni tashkil etishini ma’lum qilishdi. Aytilishicha, emlangan va immuniteti yetarli darajada shakllanmagan insonlar ham koronavirus infeksiyasining o‘rtacha-og‘ir yoki og‘ir formalari bilan bemorlanmaydi.
Hozircha uzoq istiqbolli xulosalarni aytishga erta, ammo "Sputnik V" – bezarar va juda foydali preparat ekanligi hozirda hatto skeptiklar uchun ayon bo‘lib qoldi.

— O‘zbekiston bugun COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaksinasini oldi. Respublika aholisi esa 35 millionga yaqinni tashkil etadi. Mamlakatda epidemiologik jarayonni nazoratda ushlash uchun qancha kishi emlangan bo‘lishi kerak?

— Olimlarning ta’kidlashicha, kasallik yuqishining epidemik zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud bo‘lishi kerak. Shundagina kasallik keskin kamayishni boshlaydi.
Shpris i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
“Sputnik V”: Yusupaliyev vaksinani O‘zbekistonga olib kelish haqida
Vaksinalar taqchilligida odatda yuqori xavf guruhiga mansub kishilardan emlashni boshlashadi – COVID-19ni yuqtirgan bemorlar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va hokazo tartibda ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, kasallikni yengil, o‘rta-og‘ir va alomatlarsiz o‘tkazgan insonlar hisobiga shakllanadigan himoya ta’sirini ham inobatga olish kerak. Moskva shahrining ellik foiz aholisi, shahar meri xabariga ko‘ra, kasallik natijasida antitanachalarga ega bo‘lishgan – bu o‘ta yuqori ko‘rsatkichdir.
Bu emlash ishlari bilan bir qatorda ertami-kechmi infeksiya o‘chog‘ining yo‘q qilinishiga olib kelishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0