Iqtisod

Toshkent-Samarqand pulli trassasi narxi eʼlon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoye dvijeniye v Tashkente
Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili Oʻzbekistonda avtomobillar uchun pulli yoʻllar narxi qancha boʻlishi maʼlum qildi, deb xabar beradi O‘zLiDeP matbuot xizmati.
Pulli trassada avtomobillar maksimum 150 km tezlikda harakatlanishi mumkin boʻladi.
Taxminiy hisob-kitoblarga koʻra, yengil mashinalar uchun:
Toshkent—Andijon — 5 AQSH dollari atrofida;
Toshkent—Angren — 1,7 AQSH dollari atrofida;
Toshkent—Qoʻqon — 1-2 AQSH dollari atrofida.
Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq boʻladi:
Toshkent—Andijon — 20 AQSH dollari atrofida;
Toshkent—Samarqand — 5-6 AQSH dollari atrofida.
Agentlik vakilining soʻzlariga koʻra, Toshkent—Samarqand yoʻlida 150 kilometr tezlik bilan harakatlanuvchi mashina 2 soatda manziliga yetadi.
Toshkent—Andijon yoʻlida esa Qamchiq dovonida 60—70 kilometr tezlik minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yoʻlning qolgan qismida avtomobil 150 kilometr/soat tezlik bilan harakatlanishi mumkin boʻladi.
Oʻzbekistondagi bepul yoʻllar muqobili sifatida pulli yoʻllar paydo boʻlishi haqida 2018 yil kuzida xabar berilgandi. Oʻshanda bu kabi yoʻllarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shugʻullanishi mumkinligi aytilgan edi. 2019 yilda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Oʻzbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini maʼlum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala