Toshkent-Samarqand pulli trassasi narxi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar narxi qancha bo‘lishi ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zLiDeP matbuot xizmati.
Pulli trassada avtomobillar maksimum 150 km tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil mashinalar uchun:
Toshkent—Andijon — 5 AQSh dollari atrofida;
Toshkent—Angren — 1,7 AQSh dollari atrofida;
Toshkent—Qo‘qon — 1-2 AQSh dollari atrofida.
Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq bo‘ladi:
Toshkent—Andijon — 20 AQSh dollari atrofida;
Toshkent—Samarqand — 5-6 AQSh dollari atrofida.
Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Toshkent—Samarqand yo‘lida 150 kilometr tezlik bilan harakatlanuvchi mashina 2 soatda manziliga yetadi.
Toshkent—Andijon yo‘lida esa Qamchiq dovonida 60—70 kilometr tezlik minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yo‘lning qolgan qismida avtomobil 150 kilometr/soat tezlik bilan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistondagi bepul yo‘llar muqobili sifatida pulli yo‘llar paydo bo‘lishi haqida 2018-yil kuzida xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgan edi. 2019-yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0