Toshkent va Islomobod Afg‘oniston havo kengligida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini tashkil etmoqchi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent
Vivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama etildi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Pokiston Islom Respublikasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot-xizmati.
Na poligone Forish sostoyalos otkritie sovmestnix ucheniy Uzbekistana, Pakistana i Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2019
O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasining Pokistonga tashrifi davomida mamlakat federal aviatsiya vaziri G‘ulom Sarvar Xon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomonining yana bir muhim taklifi ya’ni, Pokiston havo kengligi hududi bo‘ylab, bevosita Afg‘oniston havo kengligi hududida davom etuvchi yangi havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini tashkil etish masalasi ham muhokama etilgan.
"Uchrashuvda parvozlar geografiyasini kengaytirish va O‘zbekiston aeroportlari jozibadorligini oshirish maqsadida Pokiston aviakompaniyalari havo kemalariga aeroportlarda yer usti xizmatlari ko‘rsatishning asosiy turlari bo‘yicha e’lon qilingan tariflarga nisbatan 30% gacha tabaqalashtirilgan chegirmalar berilishi, ziyorat turizmi yo‘nalishida bajarilayotgan parvozlarga esa 50 % ga qadar chegirmalar berilishi, bundan tashqari Pokiston aviakompaniyalariga qulay bo‘lgan slotlar taqdim etilishi ma’lum qilindi", - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga tashrif davomida Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari Doniyor Djumayev Pokiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aviatsiya boshqarmasi bosh kotibi Shavkat Alixon, Fuqaro aviatsiyasi departamentining aviatsiya vitse-marshali Muhammad Jamol Arshad hamda “PIA” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar "Uzbekistan airways" va "PIA" aviakompaniyalari o‘rtasida kod-sher, interlayn va proreyt kelishuvlarini birgalikda ishlab chiqishni jadallashtirishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, “COVID-19” pandemiyasiga qadar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0