Hodisalar

Toshkentda qabulga kelgan mast bemor shifokor ayolni doʻpposladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishRabota skoroy pomoщi v Moskve
Rabota skoroy pomoщi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida toksikologiya qabul boʻlimiga kelgan. U yerda shifokor ayolni doʻpposlagan.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkent shahrida qabulga olib kelingan mast bemor shifokor ayolni doʻpposladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 24 mart kuni kechki payt soat 23:15 larda Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul boʻlimiga kelgan.
Bemorning onasi toksikolog xonasida oʻz xizmat faoliyatini oʻtayotgan navbatchi shifokor N.Tashpoʻlatovaga oʻgʻli bir necha kundan beri spirtli ichimlik ichayotganligini bildirgan.
Navbatchi shifokor oʻsha vaqtda boshqa bemorni tibbiy koʻrikdan oʻtkazayotganligini va bundan soʻng ularni ham qabul qilib, kerakli yordam koʻrsatishga tayyorligini aytgan.
“Shunga qaramay, bemorning onasi tibbiyot xodimlariga nisbatan turli haqoratli va tuhmat soʻzlar bilan eʼtiroz bildirishni boshlagan. Bu ham yetmagandek bemor U.N. toʻsatdan shifokor N.Tashpoʻlatovaga ogʻir tan jarohati yetkazgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu markaz direktori Doniyor Alimovning soʻzlariga koʻra, shifokor N.Toshpulatovada bosh miya shishi asorati kuzatilgan. Qoʻshma kraniofatsial jarohat, ogʻir darajadagi bosh miya yopiq jarohati,bBosh miya ogʻir darajada lat yeyishi, burun suyaklari va burun toʻsigʻi sinib siljishi kabi tashxislar bilan neyroreanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2020
Hodisalar
Andijonda IIB xodimi shifokorni kaltaklagani aytilmoqda: vazirlik munosabat bildirdi
“Ayni paytda u kuchli karaxtlik darajasida boʻlib, ogʻir ahvolda davolanmoqda. Bemor atrofdagilarga sekin reaktsiya berib, muloqotga kirishishga qiynalmoqda”, - deya qoʻshimcha qildi Alimov.
Xizmat vazifasi vaqtida bemor tomonidan nohaq kaltaklangan shifokor N.Tashpulatova 2017 yildan buyon shifokor-toksikolog lavozimida ishlab kelmoqda. oʻz xizmat vazifasini klinik protokollarga rioya qilib, talab darajasida bajarib kelgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlaridan shifokorlarning haq-huquqlarini qatʼiy himoya qilishlarini talab qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala