Yaponiyada Olimpiada mash’alasi estafetasi boshlandi

© REUTERS / KIM KYUNG-HOONEstafeta olimpiyskogo ognya
Estafeta olimpiyskogo ognya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Mash’ala 23-iyul kuni Tokiodagi Olimpiya stadioniga olib kiriladi va 8-iyul yopilish marosimigacha alanga oladi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Yaponiyaning Fukusima prefekturasida Tokio-2020 Olimpiada mash’alasining estafetasi boshlandi. Tadbir J-Village stadionida start oldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi.
Estafetani 2006-2016 yillar davomida futbol bo‘yicha Yaponiya ayollar terma jamoasi sharafini himoya qilgan Azusa Ivasamidzu boshlab bergan.
Estafeta 121 kun davom etadi va ushbu muddat orasida Yaponiyaning barcha prefekturalaridan olib o‘tiladi. Shundan so‘ng mash’ala 23-iyul kuni Tokiodagi Olimpiya stadioniga olib kiriladi va 8-iyul yopilish marosimigacha alanga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari o‘tgan yilning 24-iyul-9 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi sabab O‘yinlar joriy yilning 23-iyul-8 avgust kunlariga qoldirilgan.
Yangiliklar lentasi
0