Dunyoda

Emmanuel Makron vaktsinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini maʼlum qildi

© AP Photo / Stephane MahePrezident Frantsii Emmanuel Makron
Prezident Frantsii Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Frantsiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Rossiya va Xitoyning koronavirusga qarshi vaktsinalar orqali taʼsir oʻtkazishga boʻlgan urinishlari tufayli Yevropa ayni vaqtda "hujumlarga roʻbaro boʻlmoqda".
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Yevropa vaktsinatsiya bilan bogʻliq boʻlgan “yangi turdagi jahon urushi”ga roʻbaro boʻldi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda, deb bayonot qildi Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa ittifoqining onlayn-sammiti birinchi kuni yakuniga bagʻishlangan matbuot-anjumanida.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaktsina poygasida gʻolib chiqqani haqida maqola
Makronning aytishicha, bu holat shu jumladan, Rossiya va Xitoyning vaktsinalar yordamida taʼsir koʻrsatishga boʻlgan urinishlari tufayli ham yuz bergan.
Frantsiya yetakchisi yuzaga kelgan holatda Yevropa vaktsina ishlab chiqarish masalasida mustaqil boʻlishi kerakligini qayd etib oʻtgan.
Yaqin oylarda Yevropa koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqarish hajmlarini oshiradi va yirik ishlab chiqaruvchiga aylanadi, deya vaʼda bermoqda Makron. Shu bilan birga, u, agar ishlab chiqaruvchi Yevropa ittifoqiga yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarini bajarmayotgan boʻlsa, vaktsinalar eksportini bloklashni taklif etdi.
U Pfizer va Moderna AstraZenecadan farqli oʻlaroq oʻz majburiyatlarini bajarayotganini maʼlum qildi.
Vaktsina bilan bogʻliq muammolar: Yevropada emlash jarayoni qanday ketmoqda
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Video
AstraZeneca bilan bogʻliq muammolar: Yevropadagi vaktsinatsiya jarayoni haqida
Ichki bozor masalalari boʻyicha Yevrokomissar Tyerri Breton sal avval Yevropaga Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasi kerak boʻlmasligi, sababi, Yevropa ittifoqi doirasida hozirda toʻrtta preparat maʼqullangani va kollektiv immunitet shakllanishi uchun shuning oʻzi yetarli boʻlishini aytgan edi.
Sal avval esa Breton "Sputnik V" – yaxshi vaktsinaligini, Yevropa ittifoqida uning ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish lozimligini, va bu masalada, ehtimol Rossiya yordami kerak boʻlishi haqida gapirgan.
Italiya bosh vaziri Mario Dragi esa YEI doirasida bu borada ishlar muvofiqlashtirilmagani tufayli, Rim Rossiya vaktsinasiga buyurtma berishini istisno qilmagan. GFR kantsleri Angela Merkel esa Yevropa ittifoqi "Sputnik V"dan foydalanishi zarurligi, agar YEI bu vaktsinaga buyurtma bermasa, Germaniya bu ishni mustaqil amalga oshirishi haqida bayonot qilgan.
Vazira Mutalova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Jamiyat
"Vaktsina olishdan emas, olmaslikdan xavfsirash kerak" - epidemiolog bilan suhbat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgariroq Moskva hech kimga oʻz vaktsinasini tiqishtirmayotganini, ammo Yevropaga u kerak emas, degan taʼkidlar yangrayotganida, shu yerda ular kimning manfaatlarini qoʻllab-quvvatlamoqda – fuqarolarningmi yoki farmkompaniyalarning, degan savol yuzaga kelishini aytgan edi.
Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaktsina roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ulardan birinchisi — "Sputnik V"ni yaxshi oʻrganilgan inson adenovirusi platformasida — Gamaleya nomidagi markaz Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
"Sputnik V" 52ta davlatda maʼqullangan (umumiy aholi soni 1,4 milliard insondan koʻp). Davlat regulyatorlari tomonidan maʼqullanishlar soni boʻyicha vaktsina dunyoda ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi yana ikkita vaktsina yaratilgan – bu Rospotrebnadzorga tegishli "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaktsinasi hamda RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaktsinasi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala