Dunyoda

"EpiVakKorona"ning uchta himoya chizigʻi haqida maʼlumot berildi

© Press-slujba Rospotrebnadzora / Fotobankka oʻtishVaktsina ot koronavirusa "EpiVakKorona"
Vaktsina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
"EpiVakKorona" — Rossiyada koronavirus infektsiyasi profilaktikasi uchun "Sputnik V"dan keyin roʻyxatga olingan ikkinchi preparatdir. U tirik virusga ega emas va sunʼiy sintezlashgan peptidlardan foydalanilganlik evaziga immunitetni shakllantiradi
TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "EpiVakKorona" vaktsinasi uch chiziqli immun himoyani shakllantiradi, deb xabar berdi Rospotrebnadzor.
Preparatning ishlash tamoyili haqidagi maʼlumotlar idora rasmiy saytida eʼlon qilingan.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Rossiya
"KoviVak" - Rossiya koronavirusga qarshi 3-vaktsinani ishlab chiqarishni boshladi
Antitanachalar SARS-CoV-2ning S-oqsilini hujayra retseptori bilan aloqaga kirishishiga moneʼlik qiladi – birinchi himoya chizigʻi shunday shakllanadi.
Ikkinchi himoya chizigʻi – bu virus qobigʻining hujayra membranasi bilan birlashishiga qarshilik qiluvchi antitanachalardir, bunda virusning kirishiga qarshilik koʻrsatiladi. Agar patogen baribir hujayraga tushgan taqdirda, uchinchi himoya chizigʻi harakatga tushadi — makrofag, neytrofillar va tabiiy killerlar singari immun tizimi elementlari faollashadi.
Antitanachalardan iborat himoya chizigʻidan tashqari, “EpiVakKorona" T-hujayrali immun javobni hosil qilishga yordam beradi.
Vazira Mutalova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Jamiyat
"Vaktsina olishdan emas, olmaslikdan xavfsirash kerak" - epidemiolog bilan suhbat
Ilgariroq "Infektsiya va immunitet" jurnali vaktsinaning 18-60 yoshli koʻngillilarda oʻtkazilgan birinchi va ikkinchi faza klinik sinovlari natijalarini eʼlon qilgan edi: 21 kundan soʻng ikkinchi dozani olgandan soʻng, barcha ishtirokchilarda antitanachalar hosil boʻlgan.
"EpiVakKorona" — Rossiyada koronavirus infektsiyasi profilaktikasi uchun "Sputnik V"dan keyin roʻyxatga olingan ikkinchi preparatdir. U tirik virusga ega emas va sunʼiy sintezlashgan peptidlardan foydalanilganlik evaziga immunitetni shakllantiradi
Shuningdek Rossiyada COVID-19 ga qarshi ikkita vaktsina bor — Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan "Sputnik V", va RFA Chumakova nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaktsinasi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala