Karantin kuchaytirilishi vaksinatsiya bilan bog‘liqmi - maxsus shtab javobi

© AFP 2023 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistonda mingdan ortiq bemor koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 191 nafari — og‘ir, 85 nafari — o‘ta og‘ir ahvolda.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilayotgani vaksinatsiya bilan bog‘liq emas, deb xabar qildi 25-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov.
Karantin choralari qat’iylashtirilayotgani ommaviy emlash bilan bog‘liqmi?
"Yo‘q, bunga umuman bog‘liq emas. Ommaviy emlash tadbirlari bu barchamiz mas’ul bo‘lgan tadbirlar. Ommaviy emlash tadbirlarini o‘tkazish barchamiz uchun ham qarz, ham farz", - dedi Qurbonov.
Maxsus shtab vakili aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirusni sifatli va samarali davolashga mo‘ljallangan maxsus shifoxonalarda 1049 nafar bemor davolanmoqda va ulardan 85 nafari — o‘ta og‘ir, 191 nafari — og‘ir, 773 nafari — qoniqarli holatda.
Undan tashqari Botir Qurbonov quyidagi savollarga ham javob berdi.
Koronavirusning Yevropada tarqalgan shtammlari O‘zbekistonda ham aniqlanyaptimi?
"Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Respublika ilg‘or texnologiyalar markazida kasallikni mutatsiyaga uchragan turlarini aniqlash yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonda ham "britancha", Braziliya, Janubiy Amerika shtammi va boshqa mutatsiyaga uchragan shtammlarni aniqlash imkoniyati mavjud. 2021-yil 10-yanvarida bir nechta shtammlar mamlakatimizda birinchi marta aniqlangani to‘g‘risida rasmiy bayonot berilgan edi".
Koronavirusning yangi shtammini yuqtirgan insonni qanday tasvirlab berasiz?
"Virusning yangi yoki eski shtammiga qaramasdan, kasallangan bemorlar tibbiyotga murojaat qilishlari va maxsus shifoxona yoki uy sharoitida davolanishlari lozim. Uy sharoitida davolanayotganlar va u bilan muloqotda bo‘lganlar ham to‘liq nazoratga olinadi".
Undan tashqari Botir Qurbonov boshqa davlatlarda koronavirus qanday tarqalayotganini haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"Bugungi holatga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 219 ta davlatda 125 million 424 mingdan oshiq kishida koronavirus qayd etilgan. Kasallikdan 2 mln 726 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan AQSh, Braziliya, Hindiston, Fransiya va Rossiya Federatsiyasida har kuni 60 mingdan 8 mingtacha holatda virus aniqlanyapti. Shuningdek, har kuni minglab o‘lim ko‘rsatkichlari qayd etilyapti.
Yangiliklar lentasi
0