Kardiologiya, urologiya va terapiya: aholi skriningi bo‘yicha loyiha yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii Federalnogo nauchnogo sentra issledovaniy i razrabotki immunobiologicheskix preparatov imeni M. P. Chumakova vo vremya polucheniya i ispitaniya komponentov dlya posleduyushego proizvodstva vaksini ot koronavirusa "KoviVak".
Sotrudnitsa laboratorii Federalnogo nauchnogo sentra issledovaniy i razrabotki immunobiologicheskix preparatov imeni M. P. Chumakova vo vremya polucheniya i ispitaniya komponentov dlya posleduyushego proizvodstva vaksini ot koronavirusa KoviVak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va “SwissLab” tibbiy laboratoriyasi 6 ming kishi uchun laboratoriya tahlili o‘tkazishni tashkil etdi.
Milliy palataning Hududlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida bir qator hududlar aholisi orasidan ijtimoiy yordamga muhtoj qismi bepul tashxislash paketlari (vaucherlar) bilan ta’minlandi. Mazkur paketlarga bemorlarni kardiologiya, urologiya va terapiya yo‘nalishlari bo‘yicha skrining tekshiruvidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan laboratoriya tahlillari kiradi.
Loyihaning dastlabki bosqichida tashxislash paketidan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar aholisi foydalanadi. Ishtirokchilar ro‘yxati Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining hududiy bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladi.
Poluchit patent v Mnogofunksionalnom Migratsionnom Sentre Moskvi v Saxarovo (russkiy yazik)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2021
Patent va tibbiy ko‘rik: IIV migratsiya tizimini raqamlashtirish loyihasini tayyorlamoqda
“Bugungi kunda O‘zbekiston prezidenti tomonidan odamlarning kasalligini oldini olish maqsadida aholi salomatligi skriningiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda Shavkat Miromonovich 26-fevralda bo‘lib o‘tgan videoselektorda ta’kidlagandi. Qo‘yilgan vazifani bajara turib, Milliy palata o‘zining Hududlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida aholining skriningi masalasini, ayniqsa ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi skriningi masalasini alohida nazoratga oldi”, — deydi mazkur tizim rahbari Rovshan Izamov.
“SwissLab” kompaniyasi (O‘zbek-Shveysariya qo‘shma korxonasi) mutaxassislari joriy yil mart-aprel oylari davomida 6 ming kishini laboratoriya tahlilidan o‘tkazadi. Qo‘shma loyiha eng avvalo yuqori sifatli skrining o‘tkazishni maqsad qilgan.
Yangiliklar lentasi
0