Jamiyat

Koronavirus tufayli Oʻzbekistonda qator OTMlar yana onlaynga oʻtkazildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishStudentы
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida va Oʻzbekiston Islom akademiyasida 26 martdan oʻqish onlaynga oʻtkazilmoqda
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bugun 2021-yilning 26-martidan ikki haftalik karantin munosabati bilan yopildi. Bu haqda akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xabar berdi.
Bektemirskiy post GAI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Jamiyat
Karantin yana keskinlashadimi? Atabekov javobi
Oʻquv faoliyati onlayn tarzda olib boriladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida darslar 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga oʻtkaziladi. Bu haqda konservatoriya rektorining Telegramdagi rasmiy kanalida maʼlum qilindi.
Xabarda aytilishicha, konservatoriyaning 4 nafar professor-oʻqituvchisida hamda 1 nafar talabada COVID-19 kasalligi aniqlandi. Ayni vaqtda bemorlar oʻz uylarida shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.
"OʻzDKda oʻquv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish boʻyicha zaruriy sharoitlar yaratilgan boʻlib, dars jarayonlari zoom videoaloqa dasturi orqali belgilangan dars jadvali asosida oʻtiladi", — deyiladi xabarda.
Bundan avval Toshkent moliya institutida, Toshkent transport universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida ikki hafta karantinga yopilgani haqida xabarlar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala