Koronavirus tufayli O‘zbekistonda qator OTMlar yana onlaynga o‘tkazildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida va O‘zbekiston Islom akademiyasida 26-martdan o‘qish onlaynga o‘tkazilmoqda
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bugun 2021-yilning 26-martidan ikki haftalik karantin munosabati bilan yopildi. Bu haqda akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xabar berdi.
Bektemirskiy post GAI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Karantin yana keskinlashadimi? Atabekov javobi
O‘quv faoliyati onlayn tarzda olib boriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida darslar 26-martdan 8-aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda konservatoriya rektorining Telegramdagi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, konservatoriyaning 4 nafar professor-o‘qituvchisida hamda 1 nafar talabada COVID-19 kasalligi aniqlandi. Ayni vaqtda bemorlar o‘z uylarida shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.
"O‘zDKda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, dars jarayonlari zoom videoaloqa dasturi orqali belgilangan dars jadvali asosida o‘tiladi", — deyiladi xabarda.
Bundan avval Toshkent moliya institutida, Toshkent transport universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida ikki hafta karantinga yopilgani haqida xabarlar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0