Makronning "yangi turdagi jahon urushi" haqidagi so‘zlariga Kreml munosabat bildirdi

© AP Photo/Thibault CamusPrezident Fransii Emmanuel Makron stoit v ojidanii prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyeyeva pered vstrechey v Yeliseyskom dvorse v Parije vo vtornik, Oktabr. 9, 2018
Prezident Fransii Emmanuel Makron stoit v ojidanii prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyeyeva pered vstrechey v Yeliseyskom dvorse v Parije vo vtornik, Oktabr. 9, 2018 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
Sal avval Makron Yevropa vaksinalash bilan bog‘liq bo‘lgan “jahon miqyosidagi yangi turdagi urush”ga ro‘baro bo‘lgani haqida bayonot qilgan edi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiya Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiya va Xitoy “vaksina urushini” olib borishmoqda degan bayonotidan norozi, deb ma’lum qildi jurnalistlarga RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
Sal avval Makron Yevropa vaksinalash bilan bog‘liq bo‘lgan “jahon miqyosidagi yangi turdagi urush”ga ro‘baro bo‘lgani haqida bayonot qilgan edi.
Fransiya yetakchisining ta’kidiga ko‘ra, ushbu holat ma’lum ma’noda “Rossiya va Xitoy davlatlarining vaksinalar yordamida ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan intilishlari” tufayli ro‘y bergan.
Prezident Fransii Emmanuel Makron v meditsinskoy maske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
"Sputnik V" mualliflari Makronning vaksinalar tufayli urush haqidagi gapiga javob qaytardi
Makron yuzaga kelgan vaziyatda Yevropa mamlakatlari vaksina ishlab chiqarish masalasida mustaqillikni namoyon etishlari kerak, degan taklifni ilgari surgan.
"Janob Makronning ushbu bayonotlari bizning mutlaq kelishmovchiliklarimiz sohasiga taalluqli bo‘lsa kerak, ehtimol. Biz Rossiya va Xitoy allaqanday urush olib borishayotgani haqidagi gapga mutlaqo qo‘shilmaymiz, biz Rossiya va Xitoy koronavirus pandemiyasi va vaksinatsiya muammosini allaqanday ta’sir instrumenti sifatida foydalanayotgani haqidagi fikrlarga ham mutlaqo qarshimiz. Rossiya xalqaro hamjamiyatning eng mas’uliyatli ishtirokchilaridan biridir, va bu xalqaro hamjamiyat ishtirokchilari mas’uliyati darajasi, biz qay tarzda butun insoniyat bilan birgalikda qayg‘urayotganimiz mana shunday pandemiya singari murakkab yillar va kunlarda eng a’lo tarzda namoyon bo‘lmoqda", - dedi Peskov.
Prezident Fransii Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Emmanuel Makron vaksinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini ma’lum qildi
Sal avval Rossiya vaksinasini o‘zida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida Italiya rasmiylari bayonot bilan chiqqan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgariroq Moskva hech kimga o‘z vaksinasini tiqishtirmayotganini, ammo Yevropaga u kerak emas, degan ta’kidlar yangrayotganida, shu yerda ular kimning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda – fuqarolarningmi yoki farmkompaniyalarning, degan savol yuzaga kelishini aytgan edi.
Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan birinchisi — "Sputnik V"ni yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusi platformasida — Gamaleya nomidagi markaz Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
Vaksina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
"EpiVakKorona"ning uchta himoya chizig‘i haqida ma’lumot berildi
"Sputnik V" 52ta davlatda ma’qullangan (umumiy aholi soni 1,4 milliard insondan ko‘p). Davlat regulyatorlari tomonidan ma’qullanishlar soni bo‘yicha vaksina dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi yana ikkita vaksina yaratilgan – bu Rospotrebnadzorga tegishli "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaksinasi hamda RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaksinasi.
Yangiliklar lentasi
0