Jamiyat

Oʻzbekistonda poliomiyelit nazorati va profilaktikasi kuchaytirildi – SEO xizmati

© © SputnikPogranichnыy punkt, arxivnoye foto
Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Oʻzbekistonda poliomelit kasalligi uchramaydi, lekin qoʻshni Tojikiston va Afgʻonistonda kasallanish holatlari koʻp uchramoqda.
TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Oʻzbekistonda poliomelit kasalligi nazorati va profilaktikasi kuchaytirildi. Bu haqida Respublika Sanitar epidemiologik osoyishtalik (SEO) xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, respublikada poliomiyelit kasalligining oldini olish va tarqalishiga qarshi profilaktika choralari JSST tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Xususan, davlat chegara-nazorat punktlarida epidemiologik choralar kuchaytirilgan, Surxondaryo viloyatida 10-20 mart kunlari 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni emlash tadbiri amalga oshirilgan.
NII detskoy onkologii i gematologii RONTS imeni N. N. Bloxina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Dunyoda
Tojikistonda xavfli poliomiyelit kasalligi tarqalmoqda - BSST
Undan tashqari Respublikaning barcha hududlari sanitar-epidemiologik xizmatlari va sogʻliqni saqlash tizimi boshqarmalari rahbarlarini poliomiyelit va oʻtkir shol falaji kasalliklari ustidan faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirish choralari amalga oshirilgan.
SEO xizmati xabarida aytilishiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda poliomelit kasalligi uchramaydi, lekin qoʻshni Tojikiston va Afgʻonistonda kasallanish holatlari koʻp uchramoqda.
“Respublikamizda poliomiyelit kasalligi uchramaydi, lekin chet davlatlardan kirib kelgan shaxslar mahalliy aholiga yuqtirishi mumkin. Bugungi kunda Tojikiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasida poliomiyelit kasalligi aniqlanmoqda” – deyilgan xabarda.
Poliomiyelit – oʻtkir shol kasalligi boʻlib uni mayda, hatto oddiy mikroskopda ham koʻrib boʻlmaydigan viruslar chaqiradi. Kasallik asab tizimi, ayniqsa orqa miyani shikastlaydi va jiddiy asoratlarni, hatto umrbod falajlik yoki bolalik yoshidayoq oʻlim holatini olib kelishi mumkin.
Poliomiyelitni yuqtirib olish juda oson. Kasallangan kishi bilan muloqotda boʻlish yoki havodagi tomchilar yoʻli bilan oʻtadigan virusni tashib yuruvchiga tegishning oʻzi kifoya. Organizm ichiga tushgan virus markaziy asab tizimini shikastlaydi, buning natijasida falaj yoki shol rivojlanishi mumkin. Kasallik kechishining bundan ogʻirroq koʻrinishlarida nafas tizimining shikastlanish hollari ham mumkin, bu muqarrar oʻlimga olib keladi. Poliomiyelit bilan asosan 10 yoshgacha boʻlgan bolalar kasallanadilar. Kasallikning yashirin davri oʻrtacha 5-12 kun boʻlib, baʼzida 35 kungacha davom etishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala