Kolumnistlar

Sharmandali oʻq uzish: amerikaning F-35 qiruvchisi oʻzini pushkadan otib qoʻydi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishIstrebitel-bombardirovщik F-35. Arxivnoye foto
Istrebitel-bombardirovщik F-35. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
AQSH Dengiz piyodasi korpusining F-35B qiruvchi-bombardimoni Arizona shtatidagi "Yuma Reynj" poligonida oʻziga oʻzi oʻq oʻzishi oqibatida qulab tushdi. Yetkazilgan zarar miqdori 2,5 million $dan ortiqni tashkil etadi
AQShning eng yangi, eng qimmat va foydasiz F-35 Lightning II qiruvchisi kuzatuvchilarni oʻzining aql bovar qilmas “xatoliklari” va “sarguzashtlari” bilan hayratga solmoqda va bu bilan amerika texnologiyalarini nomukammal harbiy texnika yoʻnalishidagi savdoda ustunligini alohida ajratib koʻrsatmoqda. Baʼzan "koʻrinmas" oʻzini oʻzi otib qoʻymoqda.
AQSH dengiz piyoda korpusining (DPK) F-35B qiruvchi-bombardimonchisi Arizona shtatidagi “Yuma Reynj” poligoni ustida oʻzi tomonidan uzilgan oʻq oqibatida (jangovar boyepripas aviatsiya pushkasi stvolidan uchib chiqishi zahoti portlagan edi) urib tushirildi. Samolyot korpusiga katta zarar yetkazilgan. Uchuvchi jarohat olmagan, ammo u katta qiyinchilik bilan F-35B ni aviabazaga qaytarishga muvaffaq boʻlgan.
Istrebitel F-35 Lightning II - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2021
Analitika
AQSH nega F-35 qiruvchisi seriyali ishlab chiqarilishini yana kechiktirdi
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yetkazilgan zarar miqdori 2,5 million dollardan oshadi. Bu voqea juda, deyarli ishonib boʻlmaydigan darajada gʻalati.
Dengiz piyodasi uchun F-35B korpusi konfiguratsiyasi 25 millimetrli GAU-22/A Gatling (GPU-9/A) kalibrli aviatsiya pushkasi bilan jihozlanadi va u korpusning pastki qismida joy olgan. “Yuma Reynj” poligoni ustida yarim zirhli, parchalanuvchi-portlovchi, yonib-havoda iz qoldirib uchadigan oʻq-dorilar - PGU-32/B SAPHEI-T ishlatilgan. Odatda ulardagi portlovchi moddalar nishonga yaqin qolganda qisqa muddatli kechikish bilan ishga tushardi.
Dengiz piyodalari korpusi rasmiy vakili kapitan Endryu Vudning aytishicha, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Versiyalarning biri sifatida – qiruvchi arsenaliga tasodifan tushib qolgan sifatsiz oʻq-dorilar koʻrib chiqilmoqda. Nima boʻlishidan qatʼi nazar, mart oyida yuz bergan “A-sinfiga mansub hodisa” muammolar kompleks xarakterga egaligini va F-35ning texnologik jihatdan “xomligini” tasdiqlamoqda.
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2020
Analitika
Amerika "koʻrinmasi"ning yangi fojiasi: F-35 havoda oʻz zapravkachisini taran qildi
Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqilgan, koʻrinuvchanligi kam, koʻp funktsiyali "beshinchi avlod" F-35 Lightning II qiruvchi-bombardimonchisi potentsial (yuqori texnologiyali) dushmanning radarlarida yaxshi koʻrinadi; hamda havodagi jangda 4+ avlodiga mansub undan tezkorroq va manyovrlar jihatdan ustun boʻlgan qiruvchilarga nisbatan oldindan yutqazishga mahkum, qolaversa, jangovar vaziyatda yerdagi nishonlarni yoʻq qilish boʻyicha yuqori samaradorlikni biror marta isbotlamagan.
F-35 konstruktsiyasidagi fundamental kamchiliklar shu qadar ahamiyatli va bartaraf etilmas darajadaki, Pentagon 20 yil davomida - 2000 yil oktyabrdagi birinchi parvozdan buyon - F-35A modifikatsiyasi (Harbiy havo kuchlari uchun), F-35V (Dengiz pexotasi korpusi uchun), F-35S (harbiy dengiz floti uchun) ommaviy ishlab chiqarilishiga ruxsat bermadi. Qoʻshma Shtatlarning yevropalik ittifoqchilari har qanday qulay bahona evaziga bunday qimmat va befoyda qiruvchilarni sotib olishdan voz kechishga urinayotgani bejiz emas. Misol uchun, Buyuk Britaniya mart oyida "iqtisodiy inqiroz tufayli" F-35Vga buyurtmalarni 65 foizga qisqartirgan.
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2020
Analitika
Parvoz vaqtida F-35ning dumi tushib qolsa, termoyadro bombalari taqdiri ne kechadi

Bosh aylanishdan “falokat”

Yevropa mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, Yaponiya Mitsubishi Heavy Industrie kompaniyasining Nagoyadagi zavodida F-35A qiruvchilarini yigʻishni davom ettirmoqda, bu Qoʻshma Shtatlardan tayyor mashinalarni olganda narxlarda minimal foyda tafovutini keltirib chiqaradi, xolos. Yaponiyada ishlab chiqarilgan bir dona F-35 86,3 million dollar turadi, amerikaniki esa - 86,76 million. Jami 13 milliard dollarga 147 ta samolyotga buyurtma berilgan. Shu bilan birga, AQSH Yaponiyaga F-35ning baʼzi nozik texnologiyalariga “dostup” bermagan. Shu bois yapon oʻz-oʻzini himoya qilish havo kuchlari amerika “koʻrinmasi”ning “yuzini saqlab qolish uchun” baʼzida oʻz uchuvchilarining obroʻsini qurbon qilishiga toʻgʻri kelmoqda.
2019 yil bahorida Misava aviabazasi yaqinidagi oʻquv parvozi paytida Yaponiyaning toʻrtta F-35A laridan bittasi soatiga 1000 km dan yuqori tezlikda Tinch okeaniga quladi. Tajribali uchuvchi, mayor Akinori Xosomi negadir katapulta qila olmadi yoki tashvish signalini yubora olmadi, qiruvchi shunchaki gʻoyib boʻldi. Keyinchalik halokat joyi, samolyot qoldiqlari va uchuvchi jasadining qoldiqlari aniqlandi. F-35A Lightning II shu qadar vayron boʻlganki, hodisa sabablari toʻgʻrisida fikr yuritish oʻta qiyinlashdi. Yaponiya harbiy-havo kuchlarining rasmiy bayonoti ham shu darajada paradoksli boʻldi: samolyot qulashiga uchuvchining bosh aylanishi sabab boʻlgan ekan.
Istrebitel-bombardirovщik F-35 na voyenno-vozdushnoy baze Lyuk v Arizone  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Kolumnistlar
F-35 qiruvchisi ustida yana qora bulutlar quyuqlashmoqda
Dunyodagi har qanday armiyadagi eng aql bovar qilmas hodisa - bu boshi aylanadigan qiruvchi-uchuvchisidir. Boshqa tomondan, turli mamlakatlarda koʻpincha F-35 bortidagi superkompyuter bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelib turadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari harbiy-havo kuchlarining 58-qiruvchi eskadrilyasi F-35A qiruvchi-bombardimonchisi 2020 yil may oyida Florida shtatidagi Eglin bazasi yaqinidagi oʻquv parvozi paytida halokatga uchradi. Uchuvchi omon qoldi va qiruvchi boshqaruvni yoʻqotgani haqida xabar berdi. Injiq mashina. Shuningdek, F-35 kabinasi va boshqaruv uskunalari uchuvchi uchun “oʻta yuqori texnologik" degan fikr ham mavjud. Masalan, bir donasining narxi 400 ming $ga teng toʻldirilgan haqiqatli parvoz dubulgʻasinini olaylik.
Lockheed Martin tomonidan boʻlgan bosimga qaramay, Pentagon 2021 yil yanvarida yana – samolyotning texnik muammolari sababli - F-35 "koʻrinmaslarining" ommaviy ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyishni nomaʼlum muddatga qoldirdi. AQSH havo kuchlarining qattiq qarshiligi 2017 yildan beri davom etmoqda va buni tushunsa boʻladi. Samolyot hattoki tinch davrda ham xavfli (F-35 avariyalari toʻliqsiz roʻyxati avvalroq keltirilgan edi). "Koʻrinmas”ning virtual afzalliklari reallik bilan uchrashuvga dosh berolmaydi –yuqori tezliklarda F-35 parchalanishni boshlaydi va va u endilikda – pasporti boʻyicha - qisqa muddatga eng yuqori tezlikni olishi mumkin boʻlgan tovush tezligigacha boʻlgan samolyotdir.

Tizimli nosozlik

AQSH HHKlari uchun har bir samolyot narxi 80 million dollarga tushirildi va shunga qaramay Pentagon F-35 ni "shubhali ishonchliligi, texnik xizmat koʻrsatishning oʻta yuqori talablari va yuqori ekspluatatsiya xarajatlari" uchun tanqid qilmoqda. Qiruvchi-bombardimonchi jangovar tayyor deb eʼlon qilingani va 2014 yilda AQSH HHK qurollari safiga xizmatga kirganiga qaramay, u hali ham "yuqori intensiv jangga tayyor boʻlishdan juda uzoq" va "2025 yilgacha tayyor boʻlishi ehtimoldan yiroq". Ehtimol, bu vaqtga kelib Rossiya va Xitoy oltinchi avlod qiruvchilarini yaratishni boshlashadi.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Eslatib oʻtaman, Amerikaning F-35 “koʻrinmas mahluqi” (istiqbolda yadroviy qurol tashuvchisi) aynan Rossiya Federatsiyasi va Xitoy harbiy salohiyati va ulkan hududlarini nishonga olgan holda yaratilgan. Oʻtgan yilning kuzida Qoʻshma Shtatlarda F-35 NATOning Rossiyaga qarshi asosiy quroli deya nom qozondi.
Pentagon maʼlumotlariga koʻra, Amerika F-35 parkining taxminan uchdan ikki qismi F135 dvigatelidagi muammolar tufayli parvozlarni bajarishga qodir emas. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, “chaqmoqlarning” faqat 36% bu vazifani bajarishga tayyor. Umumiy qiymati 1,7 trillion dollardan ortiq boʻlgan dunyo tarixidagi eng qimmat qurol-aslaha dasturi sanalgan F-35 Joint Strike Fighter ning kontseptual, tizimli, texnologik va moddiy-texnik va logistik halokati mablagʻ yetishmasligi tufayli murakkablashmoqda – atigi 10 milliard $ yetmayapti. Va vaqt "koʻrinmasga" ga qarshi oʻynamoqda.
Mnogofunktsionalnыy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Ryazanyu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2020
Kolumnistlar
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?
F-35 qiruvchisining bekamu-koʻst emasligi 2008 yilda, RAND tahlilchilari Jon Stillion va Garold Perduye (jangovar tajribaga ega boʻlgan sobiq harbiy uchuvchilar) tomonidan "Tayvan boʻgʻozi urushi" ning kompyuter simulyatsiyasida yaqqol namoyon boʻlgan edi.
Amerika "chaqmogʻi" koʻp bosqichli jangda xitoyning toʻrtinchi avlod qiruvchilariga ikki marta yutqazdi (F-35 butunlay yoʻq qilingan edi). Tahlilchilar yangi qiruvchi-bombardimonchi potentsial dushmanning zamonaviy samolyotlariga dosh berolmasligi va shunchaki kichik rol oʻynashini isbotlashmoqchi edi: "U tezlashuvda ortda qoladi, vertikal tezligi ham past, imkoniyatlari jihatdan ortda. Shuningdek, uning maksimal tezligi darajasi ham past. Vertikal tekisliklarda hujum qila olmaydi". Ammo bu xulosalar global, trillionlab mablagʻ sarflanadigan va patologik loyihaning amalga oshirilishini toʻxtata olmadi.
Amerikaliklarning oldindan koʻzlagan istagi – fizika qonunlariga zid boʻlsa-da - uchtasi birda boʻlgan samolyotni yaratish (HHK uchun oddiy, HDK uchun palubali, Dengiz pexotasi korpusi uchun vertikal uchadigan va qoʻna oladigan) F-35 Lightning II ni tinch vaqtda ham “sarguzashtlarga” mahkum etmoqda, qolaversa harbiy mojaroda yuqori texnologiyali dushmanga yutqazmoqda. Ittifoqchi-davlatlarda “koʻrinmaslarning” oʻjarlik bilan ilgari surilishi esa eng qurmasa moliyaviy yoʻqotishlar oldi olinishini naqd qilmoqda. Bu sarguzashtlarning davomi bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala