"Sputnik V" mualliflari Makronning vaksinalar tufayli urush haqidagi gapiga javob qaytardi

© REUTERS / Cugnot MathieuPrezident Fransii Emmanuel Makron v meditsinskoy maske
Prezident Fransii Emmanuel Makron v meditsinskoy maske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
Fransiya yetakchisi Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi preparatlardan ta’sir instrumenti sifatida foydalanishga harakat qilishayotgani haqida bayonot qilgan edi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. "Sputnik V" Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning vaksinalar tufayli dunyoda olib borilayotgan yangi turdagi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardilar.
Fransiya yetakchisi fikricha, Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi preparatlardan ta’sir instrumenti sifatida foydalanishga harakat qilishmoqda.
Prezident Fransii Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Emmanuel Makron vaksinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini ma’lum qildi
U Yevropa mamlakatlarini vaksina ishlab chiqarish masalasida mustaqillikni namoyon etishga chaqirdi.
"Aziz Emmanuel Makron, biz vaksinalar siyosatdan tashqarida qolishiga harakat qilamiz – bu biz uchun butun dunyoda urush emas, balki tinchlik hukm surishi uchun eng yaxshi umiddir”, — deya izoh bergan "Sputnik V" ishlab chiqaruvchilari vaksinaning rasmiy Twitter-akkauntida.
Post mualliflari shuningdek, Fransiyaga preparatni o‘zida ishlab chiqarishga ruxsat bergan mamlakatlar safiga qo‘shilishga chaqirishgan.
"Turli vaksinalarning ishlab-chiqarilishi — bu vaksinalar mustaqilligiga yo‘ldir. Biz birgalikda kuchliroqmiz!" — deya ta’kidlanadi materialda.
Sal avval Rossiya vaksinasini o‘zida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida Italiya rasmiylari bayonot bilan chiqqan edi.
Prezident RF V. Putin vistupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Hech qanday xorijiy vaksina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgariroq Moskva hech kimga o‘z vaksinasini tiqishtirmayotganini, ammo Yevropaga u kerak emas, degan ta’kidlar yangrayotganida, shu yerda ular kimning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda – fuqarolarningmi yoki farmkompaniyalarning, degan savol yuzaga kelishini aytgan edi.
Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan birinchisi — "Sputnik V"ni yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusi platformasida — Gamaleya nomidagi markaz Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
"Sputnik V" 52ta davlatda ma’qullangan (umumiy aholi soni 1,4 milliard insondan ko‘p). Davlat regulyatorlari tomonidan ma’qullanishlar soni bo‘yicha vaksina dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi yana ikkita vaksina yaratilgan – bu Rospotrebnadzorga tegishli "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaksinasi hamda RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaksinasi.
Yangiliklar lentasi
0