Dunyoda

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kelishuvi: qaysi uchastkalar Bishkek ixtiyoriga oʻtdi? Tashiyev bayonoti

© Press-slujba GPS KыrgыzstanaSmotrovaya vыshka na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke granitse
Smotrovaya vыshka na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Qirgʻiziston milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Toshkentda tomonlar qaysi shartlarga koʻra oʻzaro bitimga kelganliklari haqida batafsil toʻxtaldi.
TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Kamchibek Tashiyev 24-25 mart kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvlari natijalariga bagʻishlangan matbuot-anjumani oʻtkazdi.
Matbuot-anjumanida maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradagi baxsli uchastkalar masalasini toʻliq hal qilgan.
Pogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Jamiyat
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, bahsli hududlar yoʻq – Tashiyev
Qirgʻiziston milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Toshkentda tomonlar qaysi shartlarga koʻra oʻzaro bitimga kelganliklari haqida batafsil toʻxtalgan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 25-26 mart kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtgan va Qirgʻiziston bosh vaziri Ulugʻbek Maripov 25 mart kuni Toshkentga kelgan edi.
Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi boshligʻining soʻzlariga koʻra, Kampirobod suv omborining toʻgʻoni Oʻzbekiston ixtiyoriga oʻtgan, lekin suv omboridan birgalikda foydalaniladi.
- Oʻzbekiston tomoni tomonidan Qirgʻiziston fuqarolarining suvga va undan foydalanishga bepul va toʻsiqsiz kirishini taʼminlaydi - bu sugʻorish, baliq ovlash va boshqalar;
Oʻzbekiston tomoni suv ombori havzasi atrofida muhandislik inshootlarini oʻrnatmaslikni oʻz zimmasiga oladi.
Chashma bulogʻidan ham birgalikda foydalanish boʻyicha hukumatlararo kelishuv tayyorlanadi. Bundan tashqari, qator uchastkalar boʻyicha yer almashuvlari amalga oshiriladi. Demarkatsiya va delimitatsiya boʻyicha hujjatlar parlamentlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

Qaysi yerlar Qirgʻiziston ixtiyoriga oʻtdi?

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari soʻzlariga koʻra, Qirgʻizistonga 8 ming gektar yer ajratilgan. Endilikda ikki davlat oʻrtasida bahsli hududlar boʻlmaydi, deya ishontirgan Tashiyev.
Qirgʻiziston MXDQ rahbari Qirgʻiziston ixtiyoriga oʻtgan uchastkalarni sanab oʻtgan.
"Koʻk-Serek uchastkasidagi 105 gektar yer, Ola-Buqa tumani Boyoston hududidagi 212 gektar yer bizning tomonga topshirildi.
Bundan tashqari biz Qora-Suv tumanidagi Oq-tosh uchastkasida 100 gektar joyni oldik. Qirgʻizistonga Unqur-Togʻning 35 gektari topshirildi.
Aniqrogʻi, Unqur-Togʻ toʻlaligicha bizga oʻtmoqda. Qora-Beles uchastkasining 25 gektari bizning nomimizga oʻtkazildi. Bizning nomimizga oʻtkazildi deganimda, shuni nazarda tutumanki, Qora-Beles ilgari Oʻzbekistonga berilgan edi, hozir esa biz uni qaytarib olganimizni nazarda tutmoqda.
Bularning barchasi ugʻoriladigan, qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga ega yerlar. Shu tarzda bu uchastkalarning barchasi Orto-Toqay suv ombori evaziga bizni nomimizga oʻtdi", — dedi Tashiyev.
Davlat qoʻmitasi raisi Oʻrta Toʻqay suv ombori Qirgʻiziston hududida qolayotganini qayd etib oʻtgan.
Toshiyevning aytishicha, qariyb 8 ming gektar yer Qirgʻizistonga oʻtmoqda.
"Jalolobod va Namangan viloyatlari oʻrtasida Gavasoy uchastkasi bor. Bu yerda 5-6ta qirgʻiz qishloqlari va ularning yaylovlari joy olgan. Bu yerda muntazam ravishda qurolli mojarolar yuz berar edi. Endilikda bu uchastka Qirgʻiziston tomoniga oʻtmoqda, mojarolarga barham berildi.
Oʻzbekistonga Shahri-soy uchastkasidan 50 gektar joy ajratildi. Lekin buning evaziga biz Oʻzgan tumanidan 50 gektar yer olyapmiz”, - deya xulosa qilgan Tashiyev.
Oʻzbekiston ixtiyoriga hosilsiz yerlar oʻtyapti, deb qoʻshimcha qilgan u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala