"Birdaniga 22 qurbon": Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane
Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek, bugun Almatida koronavirusning o‘ta yuqumli shtammlari: britancha va janubiy-afrikancha shtammlar aniqlangani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Qozog‘istonda bir sutkada 22 kishi COVIDdan vafot etdi, yana 1 500 fuqaroda koronavirus aniqlangan, deb xabar bermoqda Qozog‘iston SSV.
Sputnik Qozog‘iston nashri xabariga ko‘ra, bir sutka davomida COVID-19dan vafot etgan bemorlar soni ikki karra oshgan, mamlakatni koronavirusning uchinchi to‘lqini qamrab olmoqda.
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari
Shuningdek, bugun Almatida koronavirusning o‘ta yuqumli shtammlari: britancha va janubiy-afrikancha shtammlar aniqlangani ma’lum bo‘ldi.
Bir sutka davomida Qozog‘istonda 1 485 ta COVIDga chalinganlik holatlari aniqlangan. Ularning teng yarmi Nur-Sulton va Almati shaharlariga to‘g‘ri keladi.
Sal avval mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma rahbari Timur Muratov Qozog‘iston poytaxtidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat 2020-yilning yoz faslidagiga o‘xshashligini qayd etgan edi.
Pandemiya boshlangandan buyon Qozog‘istonda koronavirusdan 2 980 kishi, pnevmoniyadan – 677 (1 avgust-27 mart oralig‘idagi ma’lumotlar) qurbon bo‘lgan. Kovid bilan kasallanganlar soni 238 785 kishini tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0