Jamiyat

Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yilgacha mintaqada fuqarosizlikka barham bermoqchi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishVыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida 116 ming 629 nafardan ortiq kishi fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar hisoblanadi.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Kuni kecha Markaziy Osiyoda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sonini kamaytirish va unga barham berish sohasidagi xalqaro standartlarni tahlil etishga bagʻishlangan mintaqaviy davra suhbati boʻlib oʻtdi. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMTning Qochoqlar masalalari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi belgilandi
Davra suhbatida Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar 2024 yilgacha boʻlgan muddatda fuqarosizlikka barham berish boʻyicha "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirish tarafdori ekani taʼkidlandi. Onlayn-muhokamalarda, shuningdek Fuqarosizlik masalalari boʻyicha Yuqori darajadagi segmentning faoliyati samaralari tahlil qilinib, mintaqada bu borada erishilgan ilgʻor natijalarga baho berildi.
Mintaqaviy davra suhbatining ochilishida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va BMT Qochoqlar masalalari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi vakili Xans Fridrix Shodder ishtirokchilarni qutladilar.
Saidov taʼkidlaganidek, fuqarosizlik – dunyo miqyosida kamida 4 million insonning taqdiriga daxl qilib turgan jiddiy muammodir. Fuqarosizlik kelib chiqishining omillari turlicha boʻlib, qonunchilikdagi boʻshliqlar va huquqni qoʻllash amaliyotidagi nomukammalliklar, shuningdek migratsiya bilan bogʻliq holatlar bunga sabab boʻlishi mumkin.
Oqibatda insonlar davlat ishlarida ishtirok etishdan chetda qoladi, oʻz kelajagini mustaqil ravishda oʻzi belgilash imkoniyatidan mahrum boʻladi. Fuqarosizlik insonning eng asosiy huquqlari va turli xizmatlardan foydalanishini ham qiyinlashtiradi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaydi. Fuqarolik huquqi berilishining rad etilishi esa aziyat chekish, tushukunlikka tushish va yakkalanib qolishga olib keladi.
Shu maʼnoda, BMTning Qochoqlar masalalari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi 2014 yildan boshlab Fuqarosizlikka 10 yil ichida barham berish boʻyicha global kampaniya, yaʼni "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirishga kirishgani juda muhim. Mazkur kampaniya global koʻlamdagi harakatlar rejasidan iborat boʻlib, fuqarosizlik holatlariga barham berish va shunday vaziyatlar yana yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan 10 ta qadamdan iborat dasturni oʻzida qamragan.
2019 yili Fuqarosizlik masalalari boʻyicha Yuqori darajadagi segmentning majlisi oʻtkazildi. Dunyo mamlakatlari davlat va hukumatlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirish samaradorligining besh yillik sarhisobi muhokama qilindi.
Joriy yilda Fuqarosizlikni kamaytirish toʻgʻrisidagi konventsiya qabul qilinganiga 60 yil toʻladi. Demakki, 60 yildan buyon jahonning barcha mamlakatlari ushbu muammo bilan kurashib kelmoqda.
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2021
Oʻzbekiston IIV ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslar borasida qoʻshimcha izoh berdi
Barcha insonlar fuqarolik maqomiga ega boʻlishini taʼminlash, bir tomondan, jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlasa va oʻzaro integratsiyalashishni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan, har bir jamiyatga barcha aʼzolarining salohiyati hamda iqtidoridan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Bu, oʻz navbatida, har qaysi inson va har qaysi mamlakatning farovonligiga xizmat qiladigan inklyuziv jamiyatlar qaror topishini taʼminlaydi.
Fuqarosizlik holatlari jamiyatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga tahdid solishini unutmaslik kerak. Chunki fuqaroligi boʻlmagan kishilarning shaxsini aniqlash ancha murakkabroqdir. Shu bilan birga, fuqarosizlik holati eʼtibordan chetda qoladigan boʻlsa, jamoalararo nizolarning kuchayishiga yoki majburiy koʻchishlarga olib kelishi ham mumkin.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida 116 ming 629 nafardan ortiq kishi fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar hisoblanadi. Xususan, Oʻzbekistonda fuqarosizlik holatlarini kamaytirish borasida amalga oshirilgan saʼy-harakatlar tufayli 1991 yildan 2016 yil dekabrgacha 482 kishi mamlakatimiz fuqaroligini olgan boʻlsa, 2016 yil dekabrdan 2020 yilgacha boʻlgan muddatda bunday shaxslar 15 ming nafarni tashkil etdi.
Oʻtgan yili, shuningdek BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning fuqaroligi boʻlmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirigʻini qoʻllab-quvvatlagan holda, 1995 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonda yashab kelgan 50 ming nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olindi.
Oʻzbekiston rahbari BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasida soʻzlagan nutqida "bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqrolikka ega boʻladi", deb qayd etdi. Ushbu tashabbusni hayotga tatbiq etish maqsadida hozirgi vaqtda mamlakatimizda 15 yildan buyon doimiy yashab kelayotgan, ammo fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston fuqaroligini berish boʻyicha yangi tartib-qoida amalga oshirilmoqda.
Bunday muhim qadamlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi boʻlmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirigʻiga Oʻzbekistonning munosib amaliy javoblaridir. Oʻzbekiston BMTning Qochoqlar masalalari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 2024 yilgacha boʻlgan muddatda fuqarosizlikka barham berish boʻyicha "#IBelong" global kampaniyasini ham qoʻllab-quvvatlaydi.
A man types on a computer keyboard  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini mamlakatda saqlash majburiy boʻladi
Mazkur global kampaniyaning nomlanishi "Men mansubman" ("#IBelong") degan maʼnoani anglatadi. Yaʼni, qariyb yetti yildan buyon davom etayotgan ushbu xalqaro jarayon fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning muayyan mamlakatga mansub boʻlishiga erishishni taqozo etadi.
Bu haqda soʻz borganda, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida fuqarosizlik muammosiga yechim topish borasida sezilarli natijalarga erishilganini taʼkidlash lozim. Keyingi yillarda mintaqa miqyosida 78 ming 661 nafardan ziyod shaxsning fuqaroviy mansubligi tasdiqlangani yoki fuqarolik maqomiga ega boʻlgani, mintaqaning har bir mamlakatida fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlarini taʼminlash, fuqarolik toʻgʻrisidagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida muayyan yutuqlar qoʻlga kiritlgani buning yaqqol dalilidir.
Fuqarosizlik muammosini hal etishda oʻzaro hamkorlik nihoyatda ulkan ahamiyatga ega. Xususan, BMTning Qochoqlar masalalari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlik munosabatlari fuqarosizlikka uzil-kesil barham berishda hal qiluvchi oʻrin tutadi.
Fuqarosizlik – inson huquqlariga, gumanitar soha va rivojlanish istiqbollariga bevosita daxldor muammodir. Shunday ekan, ushbu muammoni yechishda barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtirok etishi talab qilinadi. Bu ishda universitetlar, maktablar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari ham faollik koʻrsatishlari zarur.
Oʻz navbatida, X.F.Shodder siyosiy xohish-iroda va hamkorlik negizida fuqarolikka chek qoʻyish mumkinligi borasida Markaziy Osiyo ilhombaxsh namuna boʻlib kelayotganini eʼtirof etdi. U Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston mamlakatlari hukumatlari va aholisining ushbu muammoni hal etish ishiga qoʻshgan ulkan hissasini yuqori baholadi.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2020
Siyosat
Oʻzbekistonda 15 yil muqim yashaganlarga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik beriladi
Mintaqaning besh davlati ham fuqrosizlikni kamaytirish va BMTning fuqarosizlik toʻgʻrisidagi ikkita Konventsiyasi asosiy qoidalarini bajarish borasida katta natijalarga erishdi. Oldimizda "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirishning atigi toʻrt yili qolmoqda. Shunday ekan, yaqin orada mintaqadagi barcha mamlakatlar BMTning fuqarosizlik toʻgʻrisidagi ikkita Konventsiyasiga qoʻshilishini har tomonlama ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz, dedi janob Shodder.
Davra suhbati uchta shoʻʼbada oʻz ishini davom ettirdi. BMTning Qochoqlar masalalari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi ekspertlari, mintaqa mamlakatlarining davlat organlari vakillari va fuqarolik jamiyati institutlari faollari fuqarosizlikka barham berish borasidagi xalqaro standartlar, ilgʻor amaliyot va global chora-tadbirlar bilan tanishdilar. Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholini roʻyxatga olish vositasida fuqarosizlikni kamaytirish va bunday holatlarni aniqlash boradagi tajribasi alohida diqqat markazida boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala