Markaziy Osiyo davlatlari 2024-yilgacha mintaqada fuqarosizlikka barham bermoqchi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida 116 ming 629 nafardan ortiq kishi fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Kuni kecha Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish va unga barham berish sohasidagi xalqaro standartlarni tahlil etishga bag‘ishlangan mintaqaviy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi
Davra suhbatida Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar 2024-yilgacha bo‘lgan muddatda fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirish tarafdori ekani ta’kidlandi. Onlayn-muhokamalarda, shuningdek Fuqarosizlik masalalari bo‘yicha Yuqori darajadagi segmentning faoliyati samaralari tahlil qilinib, mintaqada bu borada erishilgan ilg‘or natijalarga baho berildi.
Mintaqaviy davra suhbatining ochilishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va BMT Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi vakili Xans Fridrix Shodder ishtirokchilarni qutladilar.
Saidov ta’kidlaganidek, fuqarosizlik – dunyo miqyosida kamida 4 million insonning taqdiriga daxl qilib turgan jiddiy muammodir. Fuqarosizlik kelib chiqishining omillari turlicha bo‘lib, qonunchilikdagi bo‘shliqlar va huquqni qo‘llash amaliyotidagi nomukammalliklar, shuningdek migratsiya bilan bog‘liq holatlar bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Oqibatda insonlar davlat ishlarida ishtirok etishdan chetda qoladi, o‘z kelajagini mustaqil ravishda o‘zi belgilash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Fuqarosizlik insonning eng asosiy huquqlari va turli xizmatlardan foydalanishini ham qiyinlashtiradi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Fuqarolik huquqi berilishining rad etilishi esa aziyat chekish, tushukunlikka tushish va yakkalanib qolishga olib keladi.
Shu ma’noda, BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi 2014-yildan boshlab Fuqarosizlikka 10-yil ichida barham berish bo‘yicha global kampaniya, ya’ni "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirishga kirishgani juda muhim. Mazkur kampaniya global ko‘lamdagi harakatlar rejasidan iborat bo‘lib, fuqarosizlik holatlariga barham berish va shunday vaziyatlar yana yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan 10 ta qadamdan iborat dasturni o‘zida qamragan.
2019 yili Fuqarosizlik masalalari bo‘yicha Yuqori darajadagi segmentning majlisi o‘tkazildi. Dunyo mamlakatlari davlat va hukumatlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirish samaradorligining besh yillik sarhisobi muhokama qilindi.
Joriy yilda Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganiga 60-yil to‘ladi. Demakki, 60-yildan buyon jahonning barcha mamlakatlari ushbu muammo bilan kurashib kelmoqda.
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2021
O‘zbekiston IIV ikkinchi fuqarolikni olgan shaxslar borasida qo‘shimcha izoh berdi
Barcha insonlar fuqarolik maqomiga ega bo‘lishini ta’minlash, bir tomondan, jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlasa va o‘zaro integratsiyalashishni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan, har bir jamiyatga barcha a’zolarining salohiyati hamda iqtidoridan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Bu, o‘z navbatida, har qaysi inson va har qaysi mamlakatning farovonligiga xizmat qiladigan inklyuziv jamiyatlar qaror topishini ta’minlaydi.
Fuqarosizlik holatlari jamiyatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga tahdid solishini unutmaslik kerak. Chunki fuqaroligi bo‘lmagan kishilarning shaxsini aniqlash ancha murakkabroqdir. Shu bilan birga, fuqarosizlik holati e’tibordan chetda qoladigan bo‘lsa, jamoalararo nizolarning kuchayishiga yoki majburiy ko‘chishlarga olib kelishi ham mumkin.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida 116 ming 629 nafardan ortiq kishi fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi. Xususan, O‘zbekistonda fuqarosizlik holatlarini kamaytirish borasida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar tufayli 1991-yildan 2016-yil dekabrgacha 482 kishi mamlakatimiz fuqaroligini olgan bo‘lsa, 2016-yil dekabrdan 2020-yilgacha bo‘lgan muddatda bunday shaxslar 15 ming nafarni tashkil etdi.
O‘tgan yili, shuningdek BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning fuqaroligi bo‘lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlagan holda, 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonda yashab kelgan 50 ming nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olindi.
O‘zbekiston rahbari BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasida so‘zlagan nutqida "bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqrolikka ega bo‘ladi", deb qayd etdi. Ushbu tashabbusni hayotga tatbiq etish maqsadida hozirgi vaqtda mamlakatimizda 15-yildan buyon doimiy yashab kelayotgan, ammo fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berish bo‘yicha yangi tartib-qoida amalga oshirilmoqda.
Bunday muhim qadamlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bo‘lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‘iga O‘zbekistonning munosib amaliy javoblaridir. O‘zbekiston BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 2024-yilgacha bo‘lgan muddatda fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha "#IBelong" global kampaniyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
A man types on a computer keyboard  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakatda saqlash majburiy bo‘ladi
Mazkur global kampaniyaning nomlanishi "Men mansubman" ("#IBelong") degan ma’noani anglatadi. Ya’ni, qariyb yetti yildan buyon davom etayotgan ushbu xalqaro jarayon fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning muayan mamlakatga mansub bo‘lishiga erishishni taqozo etadi.
Bu haqda so‘z borganda, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida fuqarosizlik muammosiga yechim topish borasida sezilarli natijalarga erishilganini ta’kidlash lozim. Keyingi yillarda mintaqa miqyosida 78 ming 661 nafardan ziyod shaxsning fuqaroviy mansubligi tasdiqlangani yoki fuqarolik maqomiga ega bo‘lgani, mintaqaning har bir mamlakatida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, fuqarolik to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasida muayan yutuqlar qo‘lga kiritlgani buning yaqqol dalilidir.
Fuqarosizlik muammosini hal etishda o‘zaro hamkorlik nihoyatda ulkan ahamiyatga ega. Xususan, BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlik munosabatlari fuqarosizlikka uzil-kesil barham berishda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Fuqarosizlik – inson huquqlariga, gumanitar soha va rivojlanish istiqbollariga bevosita daxldor muammodir. Shunday ekan, ushbu muammoni yechishda barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtirok etishi talab qilinadi. Bu ishda universitetlar, maktablar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari ham faollik ko‘rsatishlari zarur.
O‘z navbatida, X.F.Shodder siyosiy xohish-iroda va hamkorlik negizida fuqarolikka chek qo‘yish mumkinligi borasida Markaziy Osiyo ilhombaxsh namuna bo‘lib kelayotganini e’tirof etdi. U O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston mamlakatlari hukumatlari va aholisining ushbu muammoni hal etish ishiga qo‘shgan ulkan hissasini yuqori baholadi.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2020
O‘zbekistonda 15-yil muqim yashaganlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik beriladi
Mintaqaning besh davlati ham fuqrosizlikni kamaytirish va BMTning fuqarosizlik to‘g‘risidagi ikkita Konvensiyasi asosiy qoidalarini bajarish borasida katta natijalarga erishdi. Oldimizda "#IBelong" global kampaniyasini amalga oshirishning atigi to‘rt yili qolmoqda. Shunday ekan, yaqin orada mintaqadagi barcha mamlakatlar BMTning fuqarosizlik to‘g‘risidagi ikkita Konvensiyasiga qo‘shilishini har tomonlama rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, dedi janob Shodder.
Davra suhbati uchta sho‘’bada o‘z ishini davom ettirdi. BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi ekspertlari, mintaqa mamlakatlarining davlat organlari vakillari va fuqarolik jamiyati institutlari faollari fuqarosizlikka barham berish borasidagi xalqaro standartlar, ilg‘or amaliyot va global chora-tadbirlar bilan tanishdilar. Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholini ro‘yxatga olish vositasida fuqarosizlikni kamaytirish va bunday holatlarni aniqlash boradagi tajribasi alohida diqqat markazida bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0