Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga olmoqda. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashgan.

NY Times: AQSH oʻz qoʻshinini chiqarsa, toliblar Afgʻonistonda hokimiyatni egallab olishi mumkin

© Flickr / The U.S. ArmyVertoletы koalitsii NATO v Afganistane
Vertoletы koalitsii NATO v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Voqealarning bunday rivoj topishi Al-Qoida (Rossiya Federatsiyasida taʼqiqlangan) terroristik guruhi Afgʻonistonda yana kuchayishiga olib kelishi mumkin.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. AQSH razvedka xizmati prezident Jo Baydenni agar AQSH toliblar va hukumat oʻrtasida bitim imzolangunga qadar oʻz qoʻshinini olib chiqadigan boʻlsa, "Tolibon" radikal harakati (RFda taʼqiqlangan) ikki-uch yil ichida Afgʻonistonning kattagina qismida nazorat oʻrnatishi mumkinligi haqida xabardor qildi.
Bu haqda oʻz manbasiga tayangan holda New York Times nashri xabar bermoqda.
Amaldorlarning fikriga koʻra, voqealarning bunday rivoj topishi “Al-Qoida” guruhi (RFda taʼqiqlangan) Afgʻonistonda yana kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ilgariroq, AQSH prezidenti Jo Bayden davlat rahbari sifatida birinchi matbuot-anjumanida Vashington “taktik sabablarga koʻra” Afgʻonistondan 1 mayga qadar Qatarda imzolangan bitimga muvofiq qoʻshinlarni olib chiqa olmasligi, bu qiyin masala ekanligini maʼlum qilgan edi.
“Taliban” snova nastupayet: v Afganistane proizoshla seriya teraktov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Kolumnistlar
Pentagon Afgʻonistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?
Toliblar ushbu bitimga sodiqligini taʼkidlab, AQShni uni buzmaslikka chaqirishdi.
Aks holda, Afgʻonistonda urushning davom etishi amerika zimmasiga tushadi, deya qoʻshimcha qildi ular.
2020 yil fevral oyi oxirida Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSH va Tolibon 18 yildan ortiq davom etgan urushdan soʻng birinchi tinchlik shartnomasini imzoladilar. Bu 14 oy ichida Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan soʻng afgʻonlararo muloqot boshlanishini nazarda tutadi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Kolumnistlar
Afgʻon qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Afgʻonistonda hukumat kuchlari va mamlakatning qishloq joylarida katta hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan Tolibon harakati jangarilari oʻrtasida qarama-qarshilik mavjud. Shuningdek, mamlakatda "Islom davlati" (ID, Rossiya Federatsiyasida taʼqiqlangan) terroristik guruhining taʼsiri kuchaygan. Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat boʻylab aksilterror operatsiyalarini oʻtkazmoqdalar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala