Jamiyat

Oʻzbekistonga xitoy-oʻzbek hammuallifligidagi vaktsinaning bir million dozasi olib kelindi

© Minzdrav RUzV Tashkent otgrujena pervaya partiya kitaysko-uzbekskoy vaktsinы protiv COVID-19
V Tashkent otgrujena pervaya partiya kitaysko-uzbekskoy vaktsinы protiv COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Bugunga kunga qadar ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining III-faza sinovlarida yetti mingga yaqin kishi emlangan boʻlsa, ularning har biridagi oʻzgarishlar toʻla nazorat qilib borilmoqda.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Oʻzbekistonga xitoy-oʻzbek hammuallifligidagi vaktsinaning bir million dozasi olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.
ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda oʻzbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda klinik tadqiqotlari olib borilgan koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaktsinadir.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi va Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti olimlari Xitoyning ZF2001 vaktsinasi ustidagi tadqiqotlarni keng koʻlamda oʻtkazilishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Amalga oshirilgan ishlar natijasida xitoylik hamkorlar Oʻzbekistonni mazkur vaktsina hammuallifi deb eʼlon qildi va vaktsinaga ZF-UZ-VAC2001 deb nom berildi.
Bu bilan ushbu yirik tadqiqotda Oʻzbekiston ilm-fan namoyandalari va tibbiyot xodimlarining oʻrni alohida eʼtirof etildi.
Xitoy-Oʻzbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasini yaratishda koronavirus tashqi oqsili biotexnologik usul bilan sintezlanib olingan boʻlib, organizmga yuborilganda oqsilga nisbatan immun javob hosil boʻladi. Bunday vaktsinalar boshqa turdagi vaktsinalar bilan solishtirganda, eng yuqori xavfsizlik profiliga ega hisoblanadi.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Jamiyat
Birinchi apreldan ommaviy vaktsinatsiya boshlanadi
Bugunga kunga qadar ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining III-faza sinovlarida yetti mingga yaqin kishi emlangan boʻlsa, ularning har biridagi oʻzgarishlar toʻla nazorat qilib borilmoqda. Olib borilayotgan mazkur tadqiqotlar davomida emlangan koʻngillilar organizmida vaktsinaning jiddiy nojoʻya taʼsirlari qayd etilmadi. Mazkur vaktsina Oʻzbekiston hududida III-faza sinov tadqiqotlari oʻtkazilgan yagona vaktsinaligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqochilar koronavirusning "britancha shtammi" va boshqa shtammlaridan ham mazkur vaktsina yordamida himoyalanish mumkinligini qayd etmoqdalar. Negaki ZF-UZ-VAC2001 vaktsina biotexnologiya usulida yaratilgan boʻlib, bunda virusning tojlari, yaʼni boʻlakchalari kesib olinadi va ular laboratoriya sharoitida koʻpaytiriladi. Aynan koronavirusda kuzatiladigan "shoxchalar"ga nisbatan antitanachalar hosil qilgani bois "britancha shtamm" va boshqa koronavirusning boshqa turlarini ham organizmga taʼsirini susaytiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala