Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston bosh vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 marta prinyal gruppu mejdunarodnыx konsultantov – Alfreda Guzenbauera, Aleksandra Kvasnevskogo i Shtefana Fyule
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 marta prinyal gruppu mejdunarodnыx konsultantov – Alfreda Guzenbauera, Aleksandra Kvasnevskogo i Shtefana Fyule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 27 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 26-mart kuni Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishi ishida ishtirok etish uchun Toshkentda boʻlib turgan Qirgʻiz Respublikasi Bosh vaziri Ulukbek Maripovni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Smotrovaya vыshka na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Dunyoda
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kelishuvi: qaysi uchastkalar Bishkek ixtiyoriga oʻtdi? Tashiyev bayonoti
Oʻzbekiston rahbari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida yaqinda boʻlib oʻtgan oliy darajadagi sammitda qabul qilingan kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish muhim ekanini alohida taʼkidladi.
Bosh vazir Ulukbek Maripov, oʻz navbatida, Oʻzbekiston prezidentiga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Qoʻshma komissiyaning hamraisi sifatida boʻlib oʻtgan yigʻilishning asosiy natijalari hamda qabul qilingan aniq qarorlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston prezidenti tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, sanoat, energetika, qishloq va suv xoʻjaligida muhim kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, Taraqqiyot fondi faoliyatini tez fursatda yoʻlga qoʻyish hamda hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Xokim Ferganskoy dolinы posetil anklav Sox, gde nachato stroitelstvo aerodroma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Jamiyat
Mirziyoyevning alohida topshirigʻi bilan Xayrullo Bozorov Soʻxga bordi - foto
“Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurishni tez fursatda boshlash hamda Andijon-Oʻsh-Saritosh-Irkeshtom multimodal yoʻlagi boʻylab yuk tashishlar hajmini oshirishning dolzarb ahamiyati qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Qirgʻiz Respublikasi Bosh vaziri ikki mamlakat davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan hamda keng koʻlamli Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligini izchil rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarni soʻzsiz amalga oshirishga bor saʼy-harakatini yoʻnaltirishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala