Toshkent viloyatida er-xotinga o‘roq bilan hujum qilishdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2021
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxs yuziga tibbiy niqob taqib, temirdan yasalgan qo‘lbola o‘roq bilan qurollangan holda Bog‘zor mahallasida yashovchi 31 yoshli Farruh X.ning yashash xonadoniga kirgan
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkent viloyatida er-xotinga o‘roq bilan hujum qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Hodisa Zangiota tumanida 20-mart kuni yarim tundan oshganda sodir bo‘lgan.
Noma’lum shaxs yuziga tibbiy niqob taqib, temirdan yasalgan qo‘lbola o‘roq bilan qurollangan holda Bog‘zor mahallasida yashovchi 31 yoshli Farruh va 28 yoshli Shahnoza X. ning yashash xonadoniga kirib, er-xotinning uxlab yotganliklaridan foydalanib, o‘roq bilan ularning bosh qismiga urib, ularning oyoq va qo‘llarini bog‘lagan.
So‘ngra xonadonda bo‘lgan tilla-taqinchoqlar, turli rusumdagi telefon apparatlari, bir million so‘m pul hamda xonadon egasiga tegishli “SPARK” rusumli avtomashinasini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Inspektoram profilaktiki vrucheni klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan - Bobojonov
Ta’kidlanishicha, bosqinchi jabrlanuvchilarga jami 83 million 250 ming so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazib, "Spark"da hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi "v" bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, Yuqorichirchiq tuman Iyk-ota mahallasi hududidan Farruh X.,ga tegishli “SPARK” rusumli avtomashina davlat belgilari yechilgan holda topilib, ushbu jinoyatni 33 yoshli Lutfulla M., sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Yangiliklar lentasi
0