Jamiyat

Toshkentda eksperiment tarzida pulli parkomatlar tashkil etiladi - tafsilotlar

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMujchina oplachivayet uslugi parkovki v Moskve
Mujchina oplachivayet uslugi parkovki v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Toshkent shahrining 10 ta markaziy koʻchasida pulli avtomobil toʻxtash joylari (parkomatlar) sinov tariqasida tashkil etiladi — hukumat qarori loyihasi.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. "Toshkent shahri markaziy koʻchalarida pulli avtomobil toʻxtash joylarini tashkil etish boʻyicha eksperimentni amalga oshirish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining Qaror loyihasi eʼlon qilindi.

Toʻlov tizimi

Hokimlik tomonidan tashkil etilgan parkomatlarda pulli avtomobil toʻxtash joyiga joylashtirish narxlari aholining zichlik darajasi va shahar koʻchalarining qatnov qismlarini oʻtkazish qobiliyatini hisobga olgan holda hokimlik tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan narxlarni belgilash meʼzonlari va tartibiga asosan belgilanadi;
Mnogoyarusnaya parkovka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2018
Jamiyat
Toshkentda zamonaviy koʻp qavatli parkovkalar quriladi
Narxlarni belgilash meʼzonlari va tartibi Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomatlarda avtomobil toʻxtash joyiga joylashtirish narxi va eng kam hisob-kitob vaqti davlat-xususiy sheriklik shartnomasiga asosan belgilanadi;
Parkomatdan foydalanganlik uchun haq toʻlash avtomobil toʻxtash joylari talonlari va (yoki) shartnoma asosida naqd va naqd boʻlmagan shaklda amalga oshiriladi;
Haq toʻlash uchun foydalanuvchi avtomatik elektron toʻlash texnik vositalaridan foydalanishi mumkin boʻladi;
Foydalanuvchi parkomatlardan foydalanganlik uchun toʻlovni oldindan shartnoma asosida naqd va naqd boʻlmagan shaklda elektron tizimlari yoki mobil ilovalar yordamida amalga oshirishi lozim. Bunda foydalanuvchi parkomat oʻrnatilgan joydan 10 daqiqa mobaynida bepul foydalanish huquqiga ega boʻladi;
Toʻlovni amalga oshirishda foydalanuvchi avtomobilning davlat raqami, avtomobil toʻxtash joyiga kelgan sanasi va vaqtini, toʻxtash joyi nomini (raqamini), avtomobilni qancha muddatga joylashtirishini koʻrsatadi;
Mujchina oplachivayet uslugi parkovki v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2018
Turkiya Toshkentda pulli parkovkalarni joriy etishda yordamlashadi
Foydalanuvchi parkomatdan foydalanishi uchun oldindan avtomatik ravishda avtomobil toʻxtash joyi talonini oladi;
Talonda avtomobilning davlat raqami, foydalanuvchi parkomatga kelgan sanasi va vaqti koʻrsatiladi. Bu avtomobilni vaqtinchalik joylashtirish uchun foydalanuvchi va parkomatning egasi oʻrtasida tuzilgan ommaviy shartnoma hisoblanadi;
Foydalanuvchi avtomobilni saqlash uchun parkomatda toʻlangan muddat oʻtgandan soʻng avtomobilni olib chiqib ketishi yoki keyingi muddatga toʻlovni oʻrnatilgan tartibda amalga oshirishi kerak boʻladi;
Foydalanuvchi avtomobil toʻxtash joyi talonini qoʻliga olgach, uni avtomobil asboblar panelida nazoratchi koʻrishi uchun qulay joyga qoʻyishi shart boʻladi. Avtomobil toʻxtash joyi taloniga pulli avtomobil toʻxtash joyi uchun toʻlangan vaqt haqida axborot (avtomobil toʻxtash joyi narxi – 1 soat, 1 soat 30 daqiqa va hokazo), talondan foydalanilgan sana va vaqt kiritilgan boʻlishi kerak;
Priparkovannuyu loshad evakuirovali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2019
Video
Har qanday transport vositasini toʻgʻri parkovka qilish kerak
Parkomatlardan pulli foydalanish vaqti hokimlik tomonidan belgilanadi;
Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomat ish rejimi hamda daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda kelishilgan tartibda belgilanadi;
Parkomatlardan bepul foydalanish huquqi faqat I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar boshqarayotgan old va orqa oynalariga “7.17” yoʻl belgisi tasviri tushirilgan avtomobillarga hamda maxsus (Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, yongʻin xavfsizligi xizmati, tez tibbiy yordam) avtomobillarga ular bevosita avtomobil toʻxtash joyi hududida oʻz xizmatlarini oʻtayotgan vaqtda beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala