UzAirways 28-martdan Urganch – Istanbul – Urganch qatnovini yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSamolet Boing 777-300 ER aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Boing 777-300 ER aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2021
Obuna bo‘lish
Mazkur yo‘nalishda parvoz haftaning har yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida bajariladi.
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. UzAirways 28-mart sanasidan Urganch – Istanbul – Urganch yo‘nalishida yangi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi.
Mazkur yo‘nalishda parvoz haftaning har yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida bajariladi.
HY 279 Urganch – Istanbul 09:30/11:50
HY 280 Istanbul – Urganch 13:20/19:05
V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
UzAirways kompaniyasiga chiptalarni sotish talablarini soddalashtirish taklif etildi
Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin Uzbekistan Airways xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar sonini ko‘paytirayotgani haqida xabar bergan edik.
Jumladan, 29-martdan boshlab esa Samarqand shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam reyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi. 30-martdan esa Gruziya bilan muntazam reyslar qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Uzbekistan Airways" AJ kompaniyaning rasmiy veb - sayti www.uzairways.com orqali chiptalarni onlayn tarzda sotib olgan yo‘lovchilarga barcha tariflar bo‘yicha 3 % chegirmalar taqdim etadi. Ushbu chegirma aviakompaniyaning barcha yo‘nalishlaridagi reyslariga nisbatan tadbiq etiladi.
Yangiliklar lentasi
0