Jamiyat

Deputatlar birinchi oʻqishda favqulodda holat toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVoyennoslujaщiye Minoboronы vzyali pod kontrol karantinnыe tsentrы
Voyennoslujaщiye Minoboronы vzyali pod kontrol karantinnыe tsentrы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqdi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. 2021 yil 25 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda kontseptual jihatdan qabul qildi. Bu haqda parlamentning quyi palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda dunyo mamlakatlari bilan bir qatorda, Oʻzbekistonda ham koronavirus pandemiyasi keng tarqalib, ushbu infektsiya bilan zararlanganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa favqulodda chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etadi. Shuning bilan birga, milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida favqulodda holatni tatbiq etishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar aks ettirilgan.
Proverka dokumentov voditeley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2020
Jamiyat
Adliya vaziri oʻrinbosari nega "Favqulodda vaziyat" eʼlon qilinmayotganini tushuntirdi
Jumladan, favqulodda holatni joriy qilish tartibi, ushbu jarayonda qoʻllaniladigan choralar va cheklashlar, favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, favqulodda vaziyat sharoitida jismoniy va yuridik, shuningdek, mansabdor shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda sudlarning faoliyatini tartibga soluvchi va boshqa maxsus qoidalar mustahkamlab qoʻyilmoqda.
Deputatlar ushbu qonun loyihasi juda muhimligini, pandemiya davrida bu boradagi huquqiy asosga ehtiyoj sezilganini qayd etdi.
Xalq vakillarining fikricha, mazkur hujjatning qabul qilinishi davlat boshqaruvi tizimi orqali samarali va tezkor favqulodda choralarni qoʻllashga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda huquqiy munosabatlarni tartibga solishga, qolaversa, Oʻzbekistonning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala