Elektromobillar alohida raqam olishlari mumkin

© Tesla Motors / Mediabankka o‘tishKompaniya Tesla predstavila novie modeli elektromobiley
Kompaniya Tesla predstavila novie modeli elektromobiley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami belgilarini joriy etish taklif qilinmoqda. Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqqan qonun loyihasida bu haqda so‘z boradi.
Hujjat bilan hududning kodi (01 — Toshkent, 10 — Toshkent viloyati, 20 —Sirdaryo viloyati, 70 – Xorazm viloyati va hokazo) qora rangda va uning foni yashil rangda bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Dlya elektromobiley predlagayetsya vvesti otlichitelnie nomernie znaki.
Dlya elektromobiley predlagayetsya vvesti otlichitelnie nomernie znaki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Dlya elektromobiley predlagayetsya vvesti otlichitelnie nomernie znaki.
2021 yil 1-iyundan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
2021 yil 1-iyunga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtirib beriladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga xorijdan 85 ta elektromobil import qilingan. Ular uchun 1,5 million dollar sarflangan. 2020-yilda esa mamlakatga jami 131 ta elektromobil olib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0